Energiya tejovchi lampa sinsa nima qilish kerak?

Hozirgi kunda energiya tejovchi lampalar hayotimizga chuqur kirib bordi. Deyarli barcha xonadonda undan yoritish maqsadida foydalanib kelinmoqda. Har tomonlama qulay bo’lgan lampa sinib qolsa inson sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi aniq. Sizlarga shunday lampa sinib qolganda bajariladigan ishlar tartibi bilan tanishtiramiz.

Energiya tejovchi lampalarning qulay tomonini aytib o’tmasak ham ko’pchilikka ma’lum, minus tomoni shisha kolba ichida oz miqdorda bo’lsa ham simob bug’lari mavjud. Eslatib o’tamiz, simob odam sog’lig’iga xavfliligi bo’yicha birinchi darajali moddalar qatoriga kiradi, ko’p hollarda o’lim holati yuz berishi ham mumkin. Shisha kolba mo’rt bo’lganligi uchun turli sabablar natijasida sinishi ehtimoli katta. Lyuminessent lampadagi simob bug’i xona ichiga tarqalsa nima qilish kerak?

Avvalo sarosimaga tushmaslik. Bir dona lampa sinsa, o’limga olib keluvchi xavf bo’lmaydi. Uning tarkibida 2,5-3 milligramm simob bo’ladi. Agar oddiy harorat o’lchagich (2gr ga yaqin simob bor) bilan solishtirib ko’rilsa, 800 baravar kam. Lampa ichidagi barcha simob juda yaqin masofada bo’lsagina sog’lig’iga ta’sir ko’rsatib holsizlantiradi,o’chiqligida sinsa, odamga salbiy ta’siri bo’lmaydi. Ichida simob metall qo’yma — «amalgama» tarkibidagi simob ajrab atrofga tarqalmaydi. Shunday bo’lsa ham sog’liqni xavf ostiga qo’ymagan ma’qul.

Demak, energiya tejovchi lampa cinganda qilinadigan harakatlar:

10-15 daqiqa xonani oyna derazalarni ochib, shamollatish va uni barcha tark etishi lozim. Rezina qo’lqop, dokadan yuzga niqob yoki raspirator taqib, xalta va latta bilan xonaga kirish zarur. Shisha siniqlarini to’plab olish olish uchun skotch yoki nam salfetkalardan foydalanish kerak. Barcha shisha siniqlari, lampaning qolgan qismlari va yig’ib olishda foydalanilgan narsalarni ham xaltaga yig’ib, og’zini mahkam berkitiladi.

Chang yutgich va supurgidan foydalanish ta’qiqlanadi. Agar chang yutgich yoki supurgi ishlatilsa tashlab yuborish kerak bo’ladi, bundan tashqari simob bug’larini xona ichiga yoyilishiga sabab bo’ladi.

Lampa singan xonani tarkibida xlor bo’lgan tozalovchi vositalar bilan yuvib chiqiladi. Bundan tashqari demerkurizasiyani (simobni neytralash) soda, yod va margansovka yordamida bajarish mumkin. Lampa singan joyga eritma surkalib, 6-8 soatga qoldiriladi va keyin iliq suvdagi sovun eritmasi bilan yuvib tashlanadi.

Lampa qoldiqlari va shisha siniqlar joylangan xaltani axlatga tashlamagan ma’qul! Xo’sh unda nima qilish kerak degan savol tug’iladi. Hozircha bunday lampalarni utilizasiya qiladigan joylar tashkil to’liq tashkil qilishmagan, shuning uchun aholi yashash joylaridan uzoqroq joylarda chuqurroq joyga ko’mib yuborsa bo’ladi. Tozalashda foydalanilgan kiyim boshni tashlab yuborish kerak, agar buni istamasangiz, albatta maxsus vositalar bilan ishlov bergan holda tozalash va yuvish talab etiladi.

Eng yomoni agar lampa gilam yoki biror qoplama ustida sinsa, bunday paytda qanday bo’lmasini tashqariga olib chiqib tozalash kerak. Xona esa yaxshilab shamollatiladi. Gilamni orqa tomonidan ehtiyotlik bilan urib, siniqlar va lampa qoldiqlari xaltaga yig’ib olinadi va gilam bir necha kunga ochiq havoda qoldiriladi. Xaltani tashqarida qoldirmang, atrofdagilarga xavf solishi mumkin.

Agar lampa boshqa biror yuza masalan yumshoq mebel ustida singan bo’lsa, albatta demerkurizasiya ishlarini amalga oshirish kerak bo’ladi. Sog’liq uchun xavf to’liq bartaraf etilganligiga to’liq ishonch hosil qilish uchun kerakli mutaxassislarni taklif qilib, simob bor yo’qligini tekshirtirish zarur.

Yana bir maslahatimiz, nurli diodli lampalardan foydalanishni tavsiya etamiz, ular lyuminessent lampalarga nisbatan samarali va xavfsiz.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий