Ehtiyot bo’ling: tarkibida zahar saqlovchi 6 mahsulot

Biz har kuni iste’mol qiladigan mahsulotlar bizni zaharlashi mumkinligi xayolimizga ham kelmaydi.Kartoshka, olcha, yong’oqlar — ularning tarkibida zaharli moddalar mavjud bo’lishi ham mumkin. Xavfsizlik yuzasidan zaharli moddalar mahsulotning qaysi qismida “yashirinishini” va o’simliklarning qaysi qismini har qanday vaziyatda ham iste’mol qilish mumkin emasligini bilib olish lozim.

Kartoshka. Ituzumdoshlar oilasiga mansub kartoshka va pomidorlarni xavfsiz mahsulotlar qatoriga qo’shib bo’lmaydi. Xuddi pomidorlar kabi, kartoshka mevasi, poya va barglari o’zida yetarlicha zaharli moddalarni biriktirgan bo’ladi. Va agar tugunaklar (kartoshka mevasi) quyosh tig’i ostida saqlansa, zaharli moddalar vujudga kelishi mumkin.

Картинки по запросу Kartoshka

Ultrabinafsha nurlari ta’sirida kartoshkada solanin moddasi hosil bo’ladi va bu modda og’ir zaharlanish, qusish, ich ketishi va qornida kuchli og’riq paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, bu modda miqdori ortib ketgan holatlarda zaharlanish — inson hushini yo’qotishi va hatto o’limga olib kelishi ham mumkin. Shuning uchun kartoshkani salqin va qorong’i joyda saqlash maqsadga muvofiq.

Bodom. Bodom nafaqat sho’r va achchiq taomlar sifatida, balki,  desert va pishiriq sifatida ham juda mazalidir. Undan nafis iforli ajoyib yog’ ham ajratib olinadi.

Картинки по запросу бодом

Ayniqsa, achchiq bodom o’zining yoqimli ifori bilan qadrlanadi. Ammo, aynan mana shu achchiq bodom o’ta xavfli — uning tarkibida inson oshqozoniga tushgach, sinil kislotasiga aylanuvchi zahar mavjud. Shuning uchun achchiq bodom iste’mol qilishdan avval undan zaharli moddani chiqarib tashlash uchun maxsus ishlov berish lozim.

O’rik.  Bu turdagi mevalar — o’ta foydali va yozgi kayfiyat ulashuvchilar hisoblanadi.

Картинки по запросу o'rik mevasi

Shuningdek, bodom singari, o’rik, olcha, gilos, shaftolilar ham olxo’ridoshlar oilasiga mansub bo’lib, ularning barchasi mazali mevalari va qattiq danaklari bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Biroq, mana shu qattiq danaklar ichidagi achchiq mag’izlar zaharli hisoblanadi. Ular yaxshilab chaynalsa, sinil kislotasi ajralib chiqadi.

Olma. Olma danaklarida sianid moddasi mavjud. To’g’ri, u juda kam miqdorda va shuning uchun ham bilmasdan uning danagini yutib yuborish xavfli oqibatlarga olib kelishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi. 0,5 kg. miqdorda iste’mol qilingandagina bu modda sizni zaharlab, sog’ligingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ammo, danaklardagi zaharli modda ma’lum vaqt davomida yig’ilib borishi mumkin. Shu bois olmani danagi bilan iste’mol qilishga odatlanmang, uzoq vaqt davomida oshqozon kasalliklari bilan kurashishingizga to’g’ri keladi.

Ravoch. Ravochni faqat qalin poyasidangina foydalanish mumkin. Uning barglarida esa zaharli hisoblangan shovul kislotasi mavjud. Shuning uchun uni iste’mol qilishdan avval barglardan tozalash, ildizini esa ho’lligicha iste’mol qilmasdan termik ishlov berish lozim.

“Kulrang go’ngqo’ng’iz” qo’ziqorini. Nomi ishtaha ochmasada, qo’ziqorinni sevib iste’mol qiluvchilar uchun u beqiyos ta’mga ega. Biroq, bu qo’ziqorinni iste’mol qilishda ma’lum qoidalarga amal qilish lozim. Ularni faqat juda yosh holatda terish va qalpoqchalari qorayib qolmagan paytda pishirish shart. Bundan tashqari, bu qo’ziqorinni spirtli ichimliklar bilan birga iste’mol qilish taqiqlanadi! Chunki, bu qo’ziqorin va spirtning birikishi kuchli zaharlanishga olib keladi va zaharlangan kishida ko’ngil aynishi, teri qizarishi, qusish va yurak urishi tezlashuvi kuzatiladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий