Ehtiyot bo‘ling: SMARTFON

Greenbot.com sayti  berdi. Quyida ularning eng asosiylarini keltirib o‘tamiz.

Barmoqlarning toliqishi
Smartfonda juda ko‘p yozish barmoqlarning toliqishiga, qizarishiga, ularda bosiqlar paydo bo‘lishiga, oqibatda barmoq uchlarining qotishiga olib kelishi mumkin. Bu esa, albatta, inson organizmi uchun zararlidir. Buning oldini olish uchun mutaxassislar smartfondan me’yorida foydalanishni tavsiya qiladilar.

Bo‘yin og‘rig‘i
Smartfonga uzoq vaqt qarash bo‘yinning og‘rishiga sabab bo‘ladi. Chunki har gal smartfonga qarash vaqtida bo‘yinni egishga to‘g‘ri keladi. Nyu Yorklik jarroh Kennet Xansraj bo‘yinni 45 gradusga egish unga taxminan 23-24 kg kuch bilan ta’sir qilishini va bu o‘z navbatida bo‘yin va umurtqa pog‘onasining og‘rishiga olib kelishini qayd etadi. Buning oldini olish uchun smartfonni ko‘z balandligida ushlashga harakat qilish kerak. Shunda bu kabi og‘riqlarning kelib chiqishi bartaraf etiladi.

Bel og‘rig‘i
2013 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 18 va 24 yosh oralig‘ida bo‘lgan Britaniyadagi yoshlarning 84 foizi bel og‘rig‘idan noligan. Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz – 84 foiz! Smartfondan qadni noto‘g‘ri holatda tutgan holda haddan ziyod ko‘p vaqt davomida foydalanish buning asosiy sababi sifatida ko‘rsatilgan. Albatta, buning oldini olish uchun qaddingizni to‘g‘ri holatda tutish tavsiya etiladi.

Ko‘zning zo‘riqishi
Ba’zida telefondagi yozuv, video yoki boshqa fayllarga berilib qarash natijasida ko‘zlarni me’yoridan kam yumib ochamiz. Bu esa ko‘zlarning zo‘riqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun telefonda biror narsani tomosha qilayotgan vaqtda ko‘zlarni tez-tez yumib-ochish bu kabi ko‘z zo‘riqishlarining oldini oladi.

Ko‘z kasalliklari
Smartfondan tanaffussiz ko‘p foydalanish oxir-oqibatda ba’zi insonlarda ko‘z kasalliklari keltirib chiqarishi mumkin. G‘arb oftolmologlarining bergan ma’lumotga asosan, smartfon ekranidan chiqadigan ko‘k-binafsha nurlar makulyar degeneratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Kichik ekranli telefon ekranlariga uzoq muddat tikilib qarash esa ko‘zlarning toliqishiga va oddiy holatda predmetlarning xira ko‘rinishiga olib kelarkan. Bularning oldini olish uchun ekran yorqinligini pasaytirish, shrift hajmini kattalashtirish va tez-tez smartfondan tanaffus olish tavsiya qilinadi.

Albatta, bugungi kunda smartfon ko‘pchilik uchun ajralmas hamrohga aylanib ulgurgan. Uning aloqa va muloqotdagi afzalliklari haqida gapirish ortiqcha. Ammo undan haddan ortiq darajada ko‘p foydalanish inson salomatligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun smartfondan foydalanishni ma’lum me’yorga keltirish, shubhasiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.

manba: mantiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий