Dunyoning eng qimmat 5 himoyachisi

Himoya chizig‘i vakillariga ham so‘nggi vaqtlarda ko‘plab millionlar sarflanmoqda. Quyida e’tiboringizga himoya vakillariga sarflangan ulkan mablag‘lar xususida so‘z yuritamiz.

5. Elyakim Mangala (“Manchester Siti”) – 32 mln. funt

Картинки по запросу фото Elyakim Mangala

Mangala “Portu”dagi ajoyib o‘yinlari bilan “Manchester Siti”ning qiziqishlari doirasiga tushgandi. Keyinchalik “Siti” uni 32 million funt sterling evaziga sotib oldi. Lekin Gvardiola kelganidan keyin qimmatbaho himoyachiga jamoada joy topilmadi. Natijada, u ayni paytda “Valensiya”da ijara asosida to‘p surmoqda.

4. Nikolas Otamendi (“Manchester Siti”) – 33 mln. funt

Картинки по запросу фото Nikolas Otamendi

“Shaharliklar”ning eng qimmatbaho xaridlaridan biri aynan Otamendidir. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili argentinalik futbolchi “Siti” bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Kelishuv esa 33 mln. funtni tashkil etgan. Otamendi aynan ishonchli o‘yinlari uning transfer bahosini yanada oshishiga sabab bo‘ldi.

3. Tiago Silva (“PSJ”) – 33.1 mln funt

Картинки по запросу фото Tiago Silva

Tiago 2011 yil Ibragimovich bilan “Milan”dan xarid qilinadi. Bugungi kunda jahondagi eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri bo‘lgan Silva uchun “PSJ” prezidenti 33.1 mln. funt to‘lgan. Silva o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan klubning sardori bo‘lish darajasiga chiqib oldi.

2. David Luiz (“PSJ”) – 40 mln. funt

Картинки по запросу фото David Luiz

David Luiz esa futbol tarixidagi eng qimmat himoyachilardan biridir. Avvaliga “Chelsi” Luizni katta pul evaziga otib oladi. Londondagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng uni 2014 yil “PSJ” xarid qiladi. “PSJ” braziliyalik himoyachi transferi uchun 40 million funt sterling sarfladi. Shunday qilib, Luiz eng qimmatbaho himoyachilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

1. Jon Stounz (“Manchester Siti”) – 47.5 mln. funt

Картинки по запросу фото Джон Стоунз

“Everton”da yorqin o‘yinlari bilan Stounz bir nechta klublarning qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Unga “Arsenal”, “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqish bildirdi. Biroq “shaharliklar” yakunda sotib oldi. “MS” uning transferi uchun 47, 5 million funt sterling sarfladi. Shunday qilib, Jon Stounz ayni paytda eng qimmatbaho himoyachilar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий