Dunyoning eng keksa erkagi aniqlandi

Sayyoramizning eng keksa erkagi sifatida Yaponiyada yashovchi 112 yoshli Masadzo Nonaka (Masazo Nonaka) tan olindiBu haqda Ginnessning rekordlar Kitobi sayti ma’lumotiga tayangan holda lenta.ru nashri xabar bergan.

Xokkaydo orolida yashovchi erkak 1905 yilning 25 iyulida dunyoga kelgan. Uning yetti nafar aka-ukasi va bir nafar opasi hamda besh farzandi bor. Erkak allaqachon nafaqaga chiqqan. Asosiy vaqtini televizor ko’rish, gazeta o’qish va shirinliklar iste’mol qilish bilan o’tkazadi. Nonaka farzandlari davrasida o’tirishni ham xush ko’radi.

Nonakoga qadar dunyoning eng keksa erkagi unvoniga Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Fransisko Nunyes Oliveyra (Francisco Núñez Olivera) sazovor bo’lgandi. U 2018 yilning 29 yanvarida olamdan o’tdi.

Ginnesning rekordlar kitobi tarixida dunyoning eng keksa insoni sifatida 122 yoshli fransiyalik Jan Luiz Kalman qayd etilgan.

manba: 

Вам может понравиться

Добавить комментарий