Dunyodagi ajoyib va antiqa qonunlar

Saqichga qarshi qonun 
Singapurda saqich uchun qamoqqa olinish mumkin. 1992 yilda saqich chaynash ta’qiqlanishi bo’yicha qonun qabul qilingan. Faqatgina chekuvchilar uchun maxsus saqichlar shifokorning dori ro’yxati orqali dorixonadan sotib olinishi mumkin.

Shaharda vafot etish mumkin emas. 
Norvegiya davlatiga qarashli Longyirbyuyen shaharchasida vafot etish taqiqlanadi. Bu yer doimiy muzlik hudud bo’lgani uchun qabriston bundan 70 yil oldin yopilgan edi. Shuning uchun bu yerdagi ahvoli og’irlashgan bemorlar zudlik bilan boshqa joyga olib ketiladi.

Meva yeyish ta’qiqlangan 
Bruney, Indoneziya va Malayziyadagi aholining ko’pchiligi durian degan mevani xush ko’rishadi. Ta’mi yong’oqli olxo’rini eslatadi. Ulardagi qonun bo’yicha ushbu mevani jamoatchilik joyida — avtobus, metro, mehmonxona, aeroport kabi joylarda iste’mol qilish taqiqlanadi. Chunki durian o’zidan juda yomon hid taratadi.

Tekinga tushlik qilish 
Daniyadagi restoranlarda tushlik paytida o’zingizni qulay va bemalol his etmagan bo’lsangiz pul to’lamaslikka haqqingiz bor.

Semirish taqiqlanadi. 
Yaponiyada semirish qonunan taqiqlanadi. Boshqa davlatlarga nisbatan semirish aynan bu yerda besh foizga kam hisoblanadi. Hattoki 2009 yilda Yaponiya qonunchiligida erkaklar va ayollarning qancha miqdorgacha semirishi to’g’risida qonun ham qabul qilindi.

Ichimliklar haqida 
Sent –Luisda ko’chada o’tirgan holda pivo ichish, Chikagoda esa shaharning istagan joyida spirtli ichimlik ichish mumkin emas. Topika shahrida vinoni choy chashkasida berish taqiqlanadi. Klivlendda viskini butilkadan ho’plab ichish faqat bir kishi uchun deb belgilangan. Kanadada pivo ichiladigan joyda suv ichish mumkin emas degan qonun bor.

Вам может понравиться

Добавить комментарий