Dunyoda nechta til bor?

  • Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi.

    Kurrai zaminimizda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir.

    Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O’sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham bor.

    Shuningdek, Himolayda 160 xil til bor. Afrikaning Niger daryosi havzasida 280ta til mavjud bo‘lsa, Yangi Gvineyadagi Papua davlati bu borada mutloq chempion. U yerda jami 3 million aholi 1010 xildagi til va shevada so‘zlashadi.

    Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagidan ko‘proq.

    Endi e’tiboringizga yuqoridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash uchun quyidagi raqamlarni taqdim etamiz. Jahonning 2007 yil yanvar oyi statistika xabarlariga ko‘ra, dunyoda hududi bo‘yicha eng katta sanalgan o‘nta eng katta davlat quyidagilar hisoblanadi:

    1. Rossiya – 17.098.242 km.kv.
    2. Kanada – 9.970.610 km.kv.
    3. AQSh – 9.629.091 km.kv.
    4. Xitoy – 9.598.086 km.kv.
    5. Braziliya – 8.514.877 km.kv.
    6. Avstraliya – 7.741.220 km.kv.
    7. Hindiston – 3.166.414 km.kv.
    8. Argentina – 2.780.400 km.kv.
    9. Qozog‘iston – 2.724.900 km.kv.
    10. Sudan – 2.505.813 km.kv.

    Aholisi jihatdan eng ko‘p o‘nta buyuk mamlakatlar esa quyidagilardir:

    1. Xitoy – 1.314.200.000 – butun yer aholisining 20 %i.
    2. Hindiston 1.120.000.000 – 17.1 %.
    3. AQSh – 300.340.000 – 4.58 %.
    4. Indoneziya – 233.460.000 – 3.56 %.
    5. Braziliya – 187.670.000 – 2.86 %.
    6. Pokiston – 158.800.000 – 2.42 %.
    7. Bangladesh – 148.840.000 – 2.27 %.
    8. Rossiya – 141.760.000 – 2.16 %.
    9. Nigeriya – 133.160.000 – 2.03 %.
    10. Yaponiya – 127.417.000 – 1.94 %.

    Ilmiy taxminlarga qaraganda, 2057 yilga borganda Xitoy Xalq Respublikasining aholisi dunyo ahlining yarmini tashkil qilar emish.

Вам может понравиться

Добавить комментарий