Dunyoda nechta davlat bor ?

Ma’lumki, «dunyoda nechta davlat bor?», degan savolga aniq bir javobni aytish birmuncha mushkul.

Buning sababini dunyo xaritasida turli maqomga ega hududiy-ma’muriy birliklar – mustaqil davlatlar, jahon hamjamiyati tomonidan to’la tan olinmagan mamlakatlar, maqomi aniqlanmagan, boshqa mamlakatlarga qaram hududlarning mavjudligi bilan izohlash mumkin.

Davlatlarni siyosiy-geografik birlik sifatida tan olish XX asrning boshlariga kelib birmuncha dolzarb masalaga aylandi. Chunki, 1919 yildan boshlab o’tkazila boshlagan butunjahon anjumanlari, Millatlar Ligasining tashkil etilishi «ushbu tadbirlarga kimni ma’lum davlat vakili sifatida taklif etish lozim va qaysi hududiy birliklar Millatlar Ligasiga to’laqonli a’zo bo’lishi mumkin?», degan masalani ko’ndalang qo’ydi.

Bu muammoni 1933 yilda Urugvayning Montevideo shahrida o’tkazylgan xalqaro anjumanda hal etishga ilk bor urinib ko’rildi. Anjumanda qabul qilingan, Montevideo konvensiyasi deb nom olgan yakuniy hujjatda «davlat» tushunchasiga ta’rif berilib, uni siyosiy-geografik birlik sifatida tan olishning quyidagi assiy to’rtta mezoni belgilandi:

  1. Doimiy aholining mavjudligi.
  2. Ma’lum hududga eg
  3. O’z hukumatining mavdjudligi.
  4. Boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalarni amalga oshirish imkoniyati.

Haqiqatan ham, manbalarga ko’ra, davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi va muayyan aholiga ega bo’lgan hududda siyosiy hokimiyatni tashkil etishni o’z ichiga oladi.

Ilmiy adabiyotlarda davlat bilan bir qatorda «mamlakat» tushunchasi ham ishlatiladi. Ko’p hollarda «davlat» va «mamlakat» tushunchalari sinonim sifatida ishlatilsada, ularning o’rtasida muayyan farq mavjud. Davlat tushunchasi, birinchi navbatda, tegishli hududda o’rnatilgan siyosiy hokimiyat tizimini bildirsa, mamlakat tushunchasi ko’proq madaniy va umumgeografik omillar majmuiga tegishlidir.

Montevideo konvensiyasida belgilab berilgan mezonlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi a’zolar qabul qilishda ushbu mezonlar qat’iy ravishda hisobga olinadi. Shunga ko’ra, hozirgi kunda dunyoda ushbu mezonlarga to’la javob beradigan 194 ta mustaqil davlat mavjud, deb aytish mumkin. (2011 yilning 9 iyulida Sudan ikkiga bo’linib, Janubiy Sudan davlati tashkil topdi va shu yil 14 iyulda BMTga a’zo bo’ldi). Ushbu davlatlardan 193 tasi BMTga a’zo, dunyodagi eng mitti davlat Vatikan – BMTda doimiy kuzatuvchi maqomiga ega. Bundan tashqari, Montevideo konvensiyasining mezonlariga qisman mos keladigan, dunyodagi ba’zi mamlakatlar tomonidangina mustaqil davlat deb tan olingan, BMTga a’zo bo’lmagan 8 ta siyosiy-geografik birliklar mavjud.

Shuningdek, Falastin, G’arbiy Sahro va Silend kabi birliklar maqomi aniqlanmagan hududlar sirasiga kirsada, ularda davlatning barcha belgilari mavjud. Dunyo xaritasida BMTda kuzatuvchi maqomiga ega, dunyoning 104 mamlakati bilan diplomatik aloqalar olib boruvchi, bor-yo’g’i 0,012 ming kv.km hududga ega Malta ordeni kabi mitti davlatlar ham bor.

Ammo, dunyo xaritasida davlatning barcha belgilariga (hudud, chegaralar, aholi va b.) ega, ammo mustaqil boshqaruvga ega bo’lmagan yana 61 ta hududiy birlik ham mavjud. Ushbu hududlardan ayrimlarining birmuncha mustaqil ish olib borishi bois, ular ba’zi mamlakatlar tomonidan to’laqonli davlat sifatida ham tan olingan. Shu sababli, ayrim manbalarda dunyodagi davlatlarning soni 221 ta, boshqalarida – 230 ta, deb keltirilgan. Jumladan, Germaniyada chop etilgan manbalarda dunyodagi siyosiy-geografik birliklar soni 243 ta ekanligi haqidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Har yili Nyu-Yorkda nashr qilinadigan «Dunyo almanaxi»da Davlatlar chegarasining Dunyo xaritasida ko’rinishi.

BMTga a’zo va kuzatuvchi (Vatikan) bo’lgan 194 ta mustaqil davlatlar haqida ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Har yili Vashingtonda chop etiladigan «Jahon faktlar yilnomasi»da ( World Year factbook) dunyodagi 266 ta siyosiy va geografik hududiy birliklar bo’yicha ma’lumotlar keltiriladi.

Shunday qilib, dunyodagi davlatlarning umumiy soni sayyoramizda mavjud hududlarga qanday siyosiy-geografik ta’rif berilishiga bog’liq holda 194 tadan 266 taga o’zgarishi mumkin. Demak, dunyodagi davlatlar sonining har xil manbalarda turlicha ko’rsatilishini mutaxassislarning ushbu masalaga qay yo’sinda yondashishi bilan izohlash mumkin.

Вам может понравиться

Добавить комментарий