Rimliklarning faxri

Spread the love

Muzeylar yurti Italiyada qadimiy obidalar juda ko’p. Ammo ular ichida qadimgi Rimda bunyod etilgan mashhur Kolizey rimliklarning faxri hisoblanadi. Mazkur inshootni Flaviylar amfiteatri, deb ham atashadi. Ushbu nom obidaning Rim imperatorlari Flaviy, Vespasian, Tit va Domisianlar sulolasining birgaliqsagi sa’y-harakatlari natijasida bunyod etilgani uchun berilgan. Inshoot Rimdagi Eskvilin, Palatin va Seliy tepaliklari o’rtasidagi tekislikda joylashgan. Kolizeyning qurilishi 8 yil (milodiy 72-80 yillar) davom etgan.

Rimda bunyod etilgan boshqa amfiteatrlar kabi Kolizey ham ellips shaklida qurilgan. Uning o’rtasidagi sahna inshootning umumiy shakliga monand ravishda ellipssimon va tomoshabinlar o’tiradigan joylar markazdan tarqaladigan halqalar tarzida barpo etilgan; Rimdagi Kolizey mazkur uslubda qurilgan inshootlar ichida ulug’vorligi bilan alohida ajralib turadi.

Картинки по запросу фото колизей

Kolizey.

Qadimda yaratilgan mazkur eng ulkan amfiteatrning tashqi ellipsi 524 metr, katta o’qi – 187,77 metr, kichik o’qi – 155,64 metr, sahnasining uzunligi – 85,75 metr. Sahnaning kengligi – 53,62 metr, devorlarining balandligi – 48 metrdan 50 metrgacha. Inshoot qalinligi 13 metrdan iborat beton asosga qurilgan. Usha vaqtda tengi yo’q ulkan amfiteatr bir vaqtning o’zida 87 ming tomoshabinni sig’dira olgan.

Kolizey devori Rimga yaqin joylashgan Tivoli shahridan qazib olinadigan travertin toshi yoki marmarning yirik bo’laklaridan qurilgan. Yirik tosh yoki marmarning bo’laklari umumiy og’irligi 300 tonnadan oshadigan po’latdan yasalgan qalin simlar bilan o’zaro tutashtirilgan. Hozirgi vaqtda Kolizey devorining turli qismlarida ko’rinadigan ko’p sonli teshiklar ana shu po’lat bog’lagichlarning o’rni bo’lib, ular o’rta asrlarda po’lat juda qimmatbaho sanalgan vaqtda inshootdan sug’urib olingan. Inshootning ichki qismlarini qurish uchun mahalliy g’isht ishlatilgan.

Картинки по запросу

Kolizeyning ichki ko’rinishi.

Tashqi tomondan bino uch qavatli arkalardan iborat. Ellips katta va kichik o’qlarining chekkalarida sahnaga kiradigan to’rtta asosiy darvoza bo’lgan. Bu darvozalardan ikkitasi, ya’ni kichik o’qlarning chekkasidagilar – imperatorning kirishi uchun, qolganlari – tomosha oldidan turli tadbirlarda ishtirok etadiganlar, hayvonlar va turli uskunalarni olib kirish uchun mo’ljallangan. Tomoshabinlar inshootning ichki qismiga pastki qavatdagi I dan LXXVI (76)gacha bo’lgan rim raqamlari bilan belgilangan arkalar orqali kirib, joylariga umumiy soni 76 ta bo’lgan zinalar orqali yuqoriga ko’tarilishgan. Tomoshabinlar o’tiradigan joylar tosh o’rindiqlardan iborat bo’lib, bir qator ikkinchisidan birmuncha balandda joylashgan.

Eng pastki qator (lotincha: podium) deyarli sahna bilan bir xil – 3,5 metr balandlikda bo’lib, faqat imperator, uning oila a’zolari va senatorlarning o’tirishiga mo’ljallangan. Pastki qatorda o’tirgan tomoshabinlarni sahnaga qo’yib yuboriladigan hayvonlar hujumidan saqlash maqsadida sahna va o’rindiqlar o’rtasiga qalin po’lat simlardan yasalgan to’r o’rnatilgan.

Картинки по запросу

Kolizey maketi.

Pastki qatordan yuqoridagi o’rinlar uch qavatga bo’linib, ulardan birinchisi (20 qator) shahar hokimiyati vakillari, ikkinchisi (16 qator) rim fuqaroligiga ega bo’lgan kishilar uchun mo’ljallangan. Ikkinchi qavatni uchinchisidan ajratib turadigan devor baland bo’lib, bu yerdagi o’rindiqlar ham birmuncha tik. Bu holat uchinchi qavatdagi tomoshabinlarga sahnada ro’y berayotgan voqyealarni to’la ko’rish va kuzatish imkonini bergan. Uchinchi qavatdan odatda, aholining past tabaqali vakillari joy olishgan.

Uzoq vaqt davomida Kolizey rimliklar va imperiya mehmonlari uchun gladiatorlar jangi, yirtqich hayvonlarni urishtirish va dengiz jangi kabi ko’ngilochar tomoshalarni o’tkazadigan asosiy joy bo’lib xizmat qilgan. Dengiz jangi o’tkazilgan paytda pastdan kemalar maxsus moslamalar yordamida ko’tarib olib chiqilgan, so’ng sahna suvga to’ldirilgan. 248 yilda imperator Filipp Rim imperiyasining 1000 yilligini Kolizeyda katta tantanalarni tashkil etish bilan nishonlagan. 405 yilda esa imperator Gonoriy Koli-zeyda gladiatorlar jangini o’tkazishni taqiqlagan. Ammo yirtqich hayvonlarni urishtirish imperator Buyuk Teodorixning davrigacha davom etgan. Ana shundan keyin ko’ngilochar tomoshalar o’tkazilmay, Kolizey asta-sekinlik bilan nurab, vayronaga aylana borgan. Ba’zi davrlarda Kolizey Rimning bir-biri bilan hokimiyat talashgan zodagonlari uchun qal’a vazifasini o’tagan.

Ma’lumotlarga ko’ra, 1332 yilga kelib, mahalliy kiborlar Kolizeyda buqalar jangini tashkil etishgan. Ammo bu vaqtda inshoot tanazzulga yuz tutib ulgurgan edi. Kolizey asta-sekin yangi obidalarni barpo etish uchun qurilish materiali manbaiga aylanib, uning yirik tosh bo’laklari boshqa binolar uchun ishlatila boshlagan. Shunga qaramay, amfiteatrning katta qismi saqlanib qolgan, ammo binoning umumiy ko’rinishi achinarli holga kelib qolgan.

Kolizey hozirgi Italiya hukumatining doimiy e’tibori va himoyasida. Arxeolog tadqiqotchilarning izlanishlari natijasida inshootning turli qismlarida yotgan yirik tosh bo’laklarining o’rni aniqlanib, qayta o’z joyiga qo’yilmoqda.

Sahnada o’tkazilgan qazilma ishlari natijasida inshootning yerto’la qismida gladiatorlar va hayvonlar saqlanadigan joylar, ular sahnaga chiqib keladigan yo’laklar, dengiz janglari o’tkazilgan vaqtda sahnani suvga to’ldirish va kemalarni ko’tarish uchun mo’ljallangan moslamalar aniqlandi. Ammo yomg’ir suvlarining sizib o’tishi, avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlar bilan atmosferaning ifloslanishi va faol transport harakati oqibatida yuzaga keladigan tebranishlar Kolizeyning ahvolini yanada tanglashtirmokda.

Hozirgi vaqtda inshootning dastlabki holatidagi ko’rinishining uchdan ikki qismi saqlanib qolgan. Shunga qaramay, Kolizey dunyodagi eng mahobatli inshoot bo’lib qolmoqda. Shu bois, Eyfel minorasi – Parijning, Big-Ben soati – Londonning ramzi bo’lgani kabi Kolizey – qadimdan Rimning ulug’vorligini o’zida mujassam etib kelgan ramzi sanalgan.

Картинки по запросу фото колизей

Kolizey devorlari.

Milodiy I asrda rimlik shoir Marsial tomonidan tuzilgan dunyoning yetti mo’jizasi ro’yxatiga Kolizey ham kiritilgan. Ammo keyinchalik tuzilgan ro’yxatdan ushbu inshoot joy ololmagan. Oradan 2000 yil o’tib, ya’ni 2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, Kolizey yana dunyoning yetti mo’jizasi qatoridan joy oldi.

manba: K. Gadoyev, S. Berdiyeva “Sayyoramiz mo`jizalari” – 2012-yil

Вам может понравиться

Добавить комментарий