O’ziga maftun etadigan 10 ta noyob tabiat hodisalari

Spread the love

Broken sarobi, Garts tog’i, Germaniya

Broken sarobi, Garts tog’i, Germaniya

Broken sarobi Garts tog’ining cho’qqilaridan birining nomi bilan atalgan. Ammo bu hodisa boshqa istalgan joyda paydo bo’lishi mumkin, uni hatto samolyot illuminatorida ham ko’rish mumkin, uni birinchi martta 1780 yilda xujjatga kiritishgan. Tabiat hodisasi atmosferada tuman tushgan paytda quyosh nurida paydo bo’ladi. Narsaning soyasi kamalakning o’rtasiga tushgani sababli g’ayrioddiy illuziyalar paydo bo’ladi, ba’zan esa qo’rqinchli soyalar tushadi. Agar biror shabada esib qolsa, u yerdagi ko’lanka harakatlana boshlaydi. Bu hodisalar afsona va ertaklarning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan. Gete o’zining “Faust” nomli asarida ham uni izohlab o’tgan.

Sarob, Messin bo’g’ozi, Italiya

Sarob, Messin bo’g’ozi, Italiya

 1643 yildan boshlab bir necha asrlar davomida odamlar Sitsiliya oroli bo’yida bir ajoyib hodisani kuzatib kedilar. Ufqda sirli hodisa sodir bo’ladi – katta yelkanlari va ulkan binolari bo’lgan butun boshli suzuvchi shahar paydo bo’ladi. Bu sarob, qiyin optik atmosfera hodisasi, insonlarni aldab qo’yadi. Odamlar anchadan beri bunday tabiat hodisasini tushunishga harakat qilib kelganlar. Aytishlariga qaraganda, dengiz suvidagi tuz va minerallar parlanganda turli shakllarga bo’linadi va uzoqdan mo’jizaviy narsa, deb qabul qilinadi. Quyosh dengizni ustini isitib yuborganda suv bug’lanadi va turli xil hodisalarga sabab bo’ladi.
 Katatumbo сhaqmog’i, Venesuela

Katatumbo сhaqmog’i, Venesuela

 Agar sizni chaqmoq maftun qilsa va siz kechki osmondagi momoqaldiroqning isрqibozi bo’lsangiz, unda yiliga 260 chaqmoq bo’ladigan joy, Venesuelaga borishingizni tavsiya qilamiz. Jala yog’adigan mavsum oktabrda boshlanadi, jala yog’ayotgan vaqtda Marakaibo ko’li va Katatumbo daryosi ustida har daqiqada 28 ta chaqmoq chaqnaydi. Bu mintaqa atmosferasi va landshaftida nimadir borki, havo harorati yuqori tezlikda tushib ketishi jala yog’ishi va momaqaldiroqni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 250 km uzoqlikdan ko’rinadigan bu atmosfera hodisasi ilk bor 16 asrda kuzatilgan. 2010 yilda bu hodisa to’satdan bir necha oy kuzatilmay qoldi, balki qurg’oqchilik tufaylidir.
 Baliq yomg’iri, Gonduras

Baliq yomg’iri, Gonduras

Har yili Gondurasning Yoro nomli kichik shaharchasida may va iyun o’rtasida g’ayrioddiy hodisalar yuz beradi. Birdan, bir bo’ron boshlanadi, kuchli shamol va yomg’ir ko’tariladi. Yog’ingarchilik tugagandan keyin ko’chalarda shahar aholisi juda ko’p baliq topib olishadi. Bu muntazam ravishda 19 – asrdan beri sodir bo’ladi. 1970 yilda National Geographik tadqiqotchilar guruhi shu kabi bo’ronga guvoh bo’lishdi. Topilgan barcha baliqlar ko’r edi. Shunday nazariya paydo bo’ldiki, baliqlar yomg’ir bilan osmondan tushmaydi, balki yer osti daryosidan kelib chiqadi. Yomg’irdan keyin oqim darajasi oshib ketadi va shu sababli baliqlar suv tepasiga chiqib qoladi. Mahalliy xalq har yili sirli baliq yomg’iri kunini nishonlaydi.
 Tarvuzli qor, Serra-Nevada, AQSH

Tarvuzli qor, Serra-Nevada, AQSH

Barcha rozi, ayniqsa bolalar, oq qordan yaxshirog’i faqat rangli qordir. Qorga rangni suvo’tlarining 60 xil turlari beradi. Olimlarning fikricha, eng keng tarqalgan suvo’tlarining turi bu Chlamydomonasnivalis hisoblanadi, chunki u qorni pushti rangga aylantiradi. Ular 3-4 km balandlikda harorati baland bo’lmaydigan atmosferada ko’payishadi. Rangli qor hech qachon quyoshda erimaydi va gap faqat uning rangida emas, balki undan tarvuz hidi ham kelib turadi. Bunday hodisani birinchi bo’lib qadimiy Gretsiyada aniqlashgan va Aristotel asarida yozilgan, lekin buyuk olim ham bunday hodisani tushuntirib bera olmagan.

Iflos momaqaldiroq, Sakuradzima, Yaponiya

Iflos momaqaldiroq, Sakuradzima, Yaponiya

Iflos momaqaldiroq dunyo bo’ylab sodir bo’lyapti, lekin BBC Earth jamoasining fikriga ko’ra, eng qizig’i Yaponiyadagi Sakuradzima vulqoni yaqinida sodir bo’ladi. Bunday momaqaldiroq sodir bo’lishi uchun ba’zi sharoitlar kerakdir, misol uchun vulqon otilishi, tutun chiqarilgan bo’lishi va momaqaldiroq sodir bo’lishi. Toshlar, tuproq va kul havoda birlashadi va ishqalanish natijasida momaqaldiroq yuz beradi. Bunday chaqmoq Islandiyaning Etna vulqoni atrofida kuzatilgan.

Olovli sharlar, Mekong daryosi, Tailand

Olovli sharlar, Mekong daryosi, Tailand

Tailandning Mekong daryosida asrlar davomida Naga Fireballs deb ataladigan g’ayrioddiy atmosfera hodisasi yuz beradi. Yilning har qanday vaqtida, kechasi tomosha qilsangiz daryoning ustida olovli sharlar paydo bo’ladi va izsiz yo’qoladi. Afsonalarda aytilishicha, bu sharni mo’jizaviy Naga ajdarhosi hosil qiladi. 2004 yilda bu noyob tabiat hodisasi kuzatilmadi, ammo 2001 yilda odamlar osmonda bunday sharlarning 3 000 tasiga guvoh bo’lganlar. Olimlar albatta buni hech qanday mo’jiza bilan bog’liqlik tomoni yo’qligini isbotlamoqchi bo’ladilar. Ularning ta’kidlashlaricha, shu hududda yerdan gaz ajralib chiqadi va o’z-o’zidan yonib ketadi.

Xessdalen olovi, Xexdalen vodiysi, Norvegiya

Xessdalen olovi, Xexdalen vodiysi, Norvegiya

 1981 yilda Norvegiyaning Xessdalen vodiysining ustida antiqa olovlar paydo bo’la boshladi. Bu olovlar bir xil emas. Ba’zida bular yakka tartibdagi har xil ranglardagi olovlar bo’lsa, ba’zan esa olov shar shaklida bo’lib, harakatsiz turadi. Bu noyob tabiat hodisasi asosan qish kunlarida kech soat 9 dan 1 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida davom etadi. Bu noyob atmosfera hodisasi ufologlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga tortgan. Ularning taxminiy fikrlari bo’yicha, quyoshning aktivligi natijasida havodagi zarralarning bir-biriga o’zaro ta’siri bo’lib, bu jarayon chaqmoqlarning hosil bo’lishiga va hattoki kichik qora tuynuklarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Boshqa soha olimlarining taxmin qilishlaricha esa, bu yerda bir paytlar radioaaktiv radon topilganligi sababli, kichik yadroviy portlash sodir bo’lgan bo’lishi mumkin.

Oy shulasidagi kamalak, Kosta-Riko

Oy shulasidagi kamalak, Kosta-Riko

Oyli kamalak oq rangga ega bo’lib, hayratlanarli ko’rinishga egadir. Bu noyob tabiat hodisasi oyning shu’lasi atmosferada bo’laklarga bo’linganda sodir bo’lib, o’zimizning kamalakni eslatadi. Bunday kamalak asosan oy to’lishgan pallada sodir bo’ladi va asosan sharsharalar yaqinida kuzatiladi. Oyli kamalakni Viktoriya, Yosemitsk sharhsarasi yaqinida hamda Kosta-Rikoda kuzatish mumkin – ya’ni havo namligi 100 foiz bo’lgan tropik va subtropik mintaqalarda.

Uchar likopcha shaklidagi bulutlar, JAR

Uchar likopcha shaklidagi bulutlar, JAR

Olimlar bunday bulutlarni linzasimon deb ataganlari bilan, xalq orasida ular “Uchar likopcha bulutlari” deb nomlanadilar. Darhaqiqat, bu bulutlarni bir qarashda o’zga sayyoraliklarning uchar likopchasiga o’xshatish mumkin. Aslida esa bu bulutlar tabiat hodisasi hisoblanadi, ularni atmosferadagi ba’zi sharoitlar hosil qiladi. Bunday bulut hosil bo’lishi uchun tog’larning tepasida hamda yalangliklarda qattiq shamol, yuqori darajadagi namlik va notekis yer relyefi kerak bo’ladi. Yana o’ziga hos harorat ham bo’lishi shart. Keptaun tog’lar, tekisliklar va suv bilan o’ralgan – bu shunday bulutlarning hosil bo’lishi uchun ajoyib imkoniyatdir. Shunday sharoitlar bo’lsa, bunday tabiat hodisasi istalgan joyda ro’y berishi mumkin. Bulutlar qanday tezlik bilan paydo bo’lsa, yana shunday tezlik bilan tarqab ketadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий