O’n ming li uzunlikdagi devor

Spread the love

Buyuk Xitoy devori insoniyat tarixida yaratilgan eng buyuk inshootlardan biri sifatida tan olingan va haqli ravishda Xitoyning ramziga aylangan.

2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra yangi dunyoning yetti mo’jizasi qatorida nomi birinchi o’rinda tilga olin-gan ushbu buyuk devorni xitoyliklar «Van li chan chen» – «o’n ming li uzunlikka cho’zilgan devor», deb atashadi. 1 li 576 metrga teng ekanidan kelib chiqib, devorning uzunligini taxminan hisoblash mumkin bo’lsa-da, ammo turli manbalarda Buyuk Xitoy devorining uzunligi haqida keltirilgan ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi.

Jumladan, ba’zi manbalarda ushbu inshootning uzunligi 4 ming kilometr, boshqalarida 5 ming kilometr yoki uning tarmoqlari bilan birgalikdagi uzunligi 8850 km.dan ortiq, deb ko’rsatilgan.

Devorning o’rtacha balandligi 6,6 metr, ba’zi joylarda – 10 metrdan oshadi, asosining kengligi – 6,5 metr, tepa qismining kengligi – 5,5 metrni tashkil etadi. Devorning bu qadar kengligi qadimda uning ustida ikkita ot aravaning bemalol harakat qilishiga imkon bergan. Xitoy devori bo’ylab qator mudofaa istehkomlari, qorovullar minorasi, shaharga kirish darvozalari, asosiy tog’ yo’laklari yonida esa kichik qal’alar bunyod etilgan.

Картинки по запросу фото великое стена китая

Buyuk Xitoy devori.

Ma’lumotlarga ko’ra, Buyuk devorni qurish ishlari Xitoyning birinchi imperatori Sin Shixuan (Sinlar sulolasi, miloddan avvalgi 475-221 yillar) hukmronligi davrida davlatni shimoliy qabilalardan himoya qilish maqsadida boshlangan. Devor qurilishida bir milliondan ortiq kishi, ya’ni o’sha paytdagi Xitoyning beshdan bir qism aholisi ishtirok etgan. Bu paytda yaratilgan devorning uzunligi 2000 kilometrdan oshib, asosan, mustahkamlangan tuproqdan tashkil topgan. Taxminlarga ko’ra, Xitoyning birinchi imperatori Sin Shixuan turli bo’laklardan iborat devorni mustahkamlab, uni yaxlit inshootga aylantirgan.

Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206 – milodiy 220 yil) Xitoy devori g’arbga, Dunxuangacha uzaytirilgan. Shuningdek, savdo karvonlarini ko’chmanchi xalqlarning hujumidan himoya qilish maqsadida qorovullar turadigan minoralar tizimi, hatto, uzoq cho’l hududlarida ham barpo etilgan.

Картинки по запросу фото голова старая дракона

 Boxay qo’ltig’idagi «Keksa ajdarning boshi».

 Tarixiy manbalarga ko’ra, Buyuk Xitoy devorining bizgacha saqlanib qolgan asosiy qismi Xitoyda Minlar sulolasi hukmronlik qilgan 1368-1644 yillarda barpo etilgan. Bu davrdagi asosiy qurilish materiallari bo’lgan g’isht va yo’nilgan tosh bo’laklari devorning yanada mustahkam bo’lishini ta’minlagan. Minlar sulolasi Xitoyda hukmronlik qilgan davrda Buyuk Xitoy devori Sariq dengizning Boxay qo’ltig’i qirg’oqlaridan hozirgi Gansu va Shinjon-Uyg’ur avtonom rayoni o’rtasidagi chegaraga qadar cho’zilgan.

Buyuk Xitoy devorining Sinxuandao shahri yaqinida Sariq dengizdagi Boxay qo’ltig’iga kirib borgan joyi xitoy tilida «Lao long tou», ya’ni «Keksa ajdarning boshi», deb ataladi. Xaqiqatan ham, devorning dengizga kirib borgan qismi holdan toygan keksa ajdarning dengizdan suv ichayotgan holatini eslatadi.

Manchjuriyalik Sinlar sulolasi 1644 yilda Sanguy yonida turli hiylalar bilan Buyuk Xitoy devoridan oshib o’tib, hokimiyatni egallagan. Shundan keyingi uch asr davomida, ya’ni 1911 yilgacha o’z holiga tashlab qo’yilgan inshootning katta qismi xaroba holiga kelgan. Faqat devorning Pekin yonidagi qismi – Badalin «poytaxt darvozasi» vazifasini o’tagani bois, doimiy nazoratda va yaxshi holatda saqlangan.

1984 yildan boshlab Buyuk Xitoy devorini qayta tiklash va ta’mirlash dasturining amalga oshirilishi natijasida mazkur buyuk inshoot o’zining tarixiy ko’rki va ulug’vorligiga qayta ega bo’lmoqda.

Buyuk Xitoy devori turli davrlarda bir necha marta vayron etilgan va qayta qurilgan.

Ammo u mohirlik bilan mustahkam bunyod etilgani bois, biz-ning davrgacha saqlanib kelgan. Ma-ydo’motlarga ko’ra, devorni bun-yod etishda ishlatilgan g’isht va yo’nilgan tosh bo’laklarini te-rish uchun yopishqoq guruch bo’tqasining so’ndirilgan ohak bilan qorishmasidan foydalanilgan. Mazkur qorishma inshootning kat-ta qismi uzoq muddat buzilmay kelishini ta’minlab berayotgan bo’lsa, ajab emas.

Buyuk Xitoy devori koinotdan bemalol ko’rinadigan yagona me’-moriy inshootdir. Mazkur me’morchilik mo’jizasi deyarli butun Xitoy bo’ylab, ya’ni shaharlar, cho’llar, chuqur tog’ daralari orqali o’tib, barpo etilgan vaqtda mamlakat hududini yaxshi himoyalangan ulkan qal’aga aylantirgan.

Shuningdek, devor o’z mahobati bilan dunyo me’morchiligi tarixida tengi yo’q inshoot bo’lib, xitoyliklarning iftixoridir. Xitoydagi sayyohlar uchun mo’ljallangan har qanday yo’lko’rsatkich devor haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. Xitoyliklarning fikricha, ushbu devor tarixi – Xitoy tarixining yarmi demak. «Osmon osti mamlakati» haqida mazkur buyuk inshootda bo’lmay turib, tasavvurga ega bo’lish va uni tushunish mumkin emas.

Shu bois, Buyuk Xitoy devorini ko’rish, uning mahobatini his etish uchun har yili dunyoning turli mamlakatlaridan millionlab sayyoxdar tashrif buyurishadi. Ushbu inshootga sayohat chog’ida xohlagan sayyoh nomi hamda Buyuk Xitoy devoriga tashrif buyurgan sana ko’rsatilgan guvohnomaga ega bo’lishi mumkin.

Вам может понравиться

Добавить комментарий