Braziliyaning ramzi

Spread the love

Dunyoda Iso payg’ambar sharafiga qo’yilgan haykallar va qurilgan ibodatxonalar talaygina. Ammo ulardan eng mashhuri – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida balandligi 700 metr bo’lgan Korkovado tepaligida joylashgan Iso Masih haykali ekaniga shubha yo’q. Mazkur haykal nafaqat Rio-de-Janeyroning, balki butun Braziliyaning ramzi hisoblanadi. Haykalning balandligi — 38 metr, shu jumladan, asosining balandligi – 8 metr. Iso payg’ambarning ikki tomonga yoyilgan qo’llarining umumiy uzunligi 30 metrni tashkil etadi. Obidani bunyod etishda 1145 tonnadan ortiq qurilish materiallari va metall ishlatilgan.

Haykal joylashgan tepalikdan Rio-de-Janeyro (ispanchada «yanvar daryosi» ma’nosini bildiradi) shahrining manzarasi, jumladan, Qandli bosh (portugalcha – Pan-di-Asukar) tog’i, dengiz buxtasi, Atlantika okeani qirg’og’idagi mashhur Kapakabana, Ipanema plyajlari namoyon bo’ladi.

Tepalikka Braziliyada birinchilardan bo’lib elektrlashtirilgan temir yo’lda harakat qiluvchi kichkina poyezd yordamida chiqiladi. Ushbu temir yo’l Iso payg’ambar haykali qurilishidan qariyb 50 yil oldin, ya’ni 1882-1884 yillarda qurilgan. Temir yo’lning mavjudligi haykalning qurilishida muhim rol o’ynagan, chunki kerakli materiallar yuqoriga ushbu temir yo’lda tashib chiqarilgan.

 Картинки по запросу фото Rio-de-Janeyro

Rio-de-Janeyro.

Haykal yoniga avtomobilda ham borish mumkin. Tepalikka olib boradigan avtomobil yo’li dunyodagi shahar hududida joylashgan eng yirik o’rmon hisoblangan Tijuka qo’riqxonasi orqali o’tgan.

Iso Masih haykalini qurish g’oyasi Braziliya davlat mustaqilligining 100 yilligi (Braziliya 1822 yilda mustaqil bo’lgan) arafasida, ya’ni 1921 yilda tug’ilgan. O’sha paytlarda Braziliyaning poytaxti bo’lgan Rio-de-Janeyro shahri meriyasi Iso payg’ambarning ulkan haykalini barpo etish tashabbusi bilan chiqqan. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida e’lon berilib, qurilishga turli tashkilot va xususiy shaxslardan xayriya mablag’lari yig’ila boshlagan. Shunday qilib, haykalning qurilishi 1922 yilda boshlanib, qariyb to’qqiz yil, ya’ni 1931 yilgacha davom etgan.

Braziliyalik rassom Karlos Osvald tomonidan dastlabki tayyorlangan variantga qo’ra, haykalning asosini Yer shari tashkil etishi lozim edi. Xuddi shu rassom Iso payg’ambarning haykalini qo’llarini ikki tomonga yoygan holda qurishni, shunda obida uzoqdan ulkan xoch bo’lib ko’rinishini taklif etgan. Haykalning oxirgi loyihasi braziliyalik muhandis Eytor da Silva Koshta tomonidan tayyor-langan. Turli texnologik sabablarga ko’ra, bunday ulkan haykalni Braziliyaning o’zida yaratish mumkin bo’lmay, obidaning alohida qismlari Fransiyada tayyorlangan.

1924 yilda fransiyalik hay-kaltarosh Pol Landovski hay-kalning 3,75 metr balandlikka ega bo’lgan boshi va qo’llarini yasashni tugatgan. Bo’laklarga bo’lingan haykalning qismlari dastlab dengiz, so’ng temir yo’l orqali Korkovado tepaligiga olib kelingan. Temir yo’l tugagan joydan haykalning poyiga qadar ilon izi shakldagi 220 zinadan iborat, keyinchalik «Karakol» (shilliqqurt) nomini olgan zinapoya bunyod etilgan.

Картинки по запросу

Haykalning umumiy ko’rinishi.

Haykalning tantanali ochilish marosimi 1931 yilning 12 oktyabrida bo’lib o’tdi. Barpo etilgandan keyin o’tgan 80 yil davomida haykal ikki marta – 1980 va 1990 yillarda ta’mirlangan. 1932 va 2000 yillarda inshootni kechki paytda yoritish tizimi takomillash-tirilgan. 2003 yilda haykal joylashgan tepalikka ko’tariladigan yo’lga eskalatorlar o’rnatilgan.

2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra haykal yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb e’tirof etilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий