Shimoliy dengiz sohilidagi port

Spread the love

Gaaga— Niderlandiyadagi shahar, Shimoliy dengiz sohilidagi port (Sxeveningin avanporti). Qirol saroyi va hukumat qarorgohi. Janubiy Gollandiyaning ma’muriy markazi. Aholisi 444 mingdan ziyod kishi (1990-yillar Urtalari, shahar atrofi bilan 685 ming). Kanallar, avtomobil va temir yo’llar tarmoqlari orqali Reynning quyi okimidagi Rotterdam porti bilann, rasmiy poytaxt Amsterdam va mamlakatning boshqa shaharlari bilann bog’langan. Gaaga— asosan ma’muriy va siyosiy markazdir. Shahar dastlab 11 -asrga oid tarixiy manbalarda tilga olingan. Gaaga 16-asr oxiridan General shtatlarning majlis o’tkazadigan joyi va 17-asr boshidan hukumat qarorgohi. Gaagada BMTning Xalqaro sudi, Xalqaro hakam (betaraf vakil)lar sudining Doimiy palatasi, Xalqaro huquqiy hujjatlar byurosi va boshqalar joylashgan. Gaagada muhim tarixiy hujjatlar qabul qilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar bo’lib o’tgan (Transport yo’llari tuguni. Gaagada radio va teleapparatura, elektron asboblar va telegraf apparaturasi ishlab chiqariladigan yirik sanoat korxonalari, shahar chetida aviasiya zavodlari, kemasozlik, chuyan quyish korxonalari bor. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ko’p. Yog’och, oyna kabi materiallardan badiiy buyumlar tayyorlanadi.

Картинки по запросу фото гаага порт

Картинки по запросу фото гаага порт

Gaaga – Shimoliy dengiz sohilidagi port

Me’moriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan Ridderzal (13-asr), Tribunal(13-asr) va boshqalar saqlangan. Gaagada Qirollik nafis san’at akademiyasi, Maurisxeys (Qirollik rasmlar galereyasi) Munisipal muzeyi, pochta, kiyimlar, xalqaro matbuot muzeylari, statistika instituti bor.

Gaaga konvensiyalari – 1) Gaaga shahrida o’tkazilgan 1- va 2- tinchlik konferensiyalarida (1899 va 1907) urush olib borish qonun-qoidalari to’g’risidagi xalqaro konvensiyalar. 1-Gaaga konferensiyasida (1899) Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlari, jami 27 davlat vakillari qatnashib, jumladan xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, urush paytida tinch aholini himoya qilishga, harbiy asirlar, yaradorlar va bemorlarni joylashtirishga oid qoidalar ishlab chiqilgan. 2-Gaaga konferensiyasida (1907) 44 davlat vakillari betaraf davlatlarning burch va huquqlari, harbiy harakatlarni boshlash va urushda dengiz kuchlari tomonidan dushman hududini bombardimon qilish tartiblari, zaharlaydigan gazlarni ishlatmaslik va boshqalar to’g’risida kelishib olingan; 2) harbiy to’qnashuv ro’y bergan holatda madaniy boyliklarni muhofaza qilish to’g’risidagi 1954 yil konvensiyasi; 3) xalqaro xususiy huquq bo’yicha 1902—05, 1954, 1955, 1956, 1961 yillarda tuzilgan va boshqa konvensiyalar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий