Indoneziya Respublikasi

Spread the love

Indoneziya Respublikasi – Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Malay arxipelagini katta qismini egallagan davlatdir.

Rasmiy nomlanishi Indoneziya Respublikasi
Mustaqillik kuni 1945 yil 17 avgust e’lon qilingan 1949 yil 27 dekabrda tan olingan (Niderlavd mustamlakasi bo’lgan)
Rasmiy tili Indonez
Poytaxti Jakarta
Yirik shaharlari Jakarta, Surabaya, Bandung
Boshqaruv shakli Unitar respublika
Maydoni 1,9 mln km.kv. (dunyoda 15-o’rinda)
Suv sathidan yuqoriligi 4,85 foiz
Aholi soni (2005) 20,1 mln kishi (dunyoda 4-o’rinda)
Zichliga 1 km.kv. g’a 115,6 kishi
Pul birligi Indoneziya rupiysi (IDR kod 360)
Internet-domen .id
Telefon kodi +62
Soat millari UTS+7…+9

 Картинки по запросу фото индонезия флагGeografik joylashuvi. Mamlakat taxminan 14 ming orolchalardan tashkil topgan. Ularning orasida Katta Zond va kichik Zond orollari, Molukk orollari va Yangi Gvineyaning g’arbiy qismida joylashgan Irian Djaya kabi orollar bor. Quruqlikda Indoneziya – Malayziya, Sharqiy Timor, Papua – Yangi Gvineya, dengiz bo’ylab esa – Avstraliya, Singapur, Flippin va boshqa mamlakatlar bilan chegaradoshdir. Shimolda va sharqda Indoneziyani Janubi-Xitoy va Tinch okeani, janubi va g’arbda – Hind okeani yuvib turadi. Mamlakat relyefi turlicha, suv yuzasidan bir oz ko’tarilib turgan orollardan Yavaning tog’li hududlari, Yangi Gvineya va Balining keskin o’zgargan relyefi va ko’plab joylashgan vulqonlarigacha (taxminan 400 — shulardan 200 ga yaqini harakatdagilar). Mamlakat hududini taxminan 2/3 qismga yaqini nam tropik o’rmonlar bilan qoplangan, shuningdek, qimmatli o’rmon daraxt turlari yig’ilgan maydonlar va savannalar tashkil etadi. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial. Pastlik hududlarda havo harorati yilning katta qismida 26—27° S darajada bo’lib, tog’li hududlarda esa bir qancha salqinroq bo’ladi. janubiy va sharqiy hududlarda issiq bo’lib, (sentyabr oyidan may oyiga qadar) — yomg’irli, va sezilarli darajada (may oyidan oktyabr oyiga qadar) quruq bo’ladi. Bali orolida iqlim mussonli ekvatorial, shuning uchun, faqat ikki fasli bor — quruq (iyun oyidan oktyabr oyiga qadar) va namli (noyabr oyidan aprel oyiga qadar), ammo havo harorati deyarli bir xil bo’ladi: 23—27° S. Indoneziyaning daryolari deyarli barcha yerlarda quyuq oqimga ega bo’ladi. Indoneziya jungliylarining hayvonot olami judayam boy va turfa xildir.

Картинки по запросу фото индонезия

Картинки по запросу фото индонезия

Indoneziyaning maftunkor tabiati

Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy hududiy jihatdan: 24 viloyatlar (provinsiyalar), 2 ta o’ziga xos ma’muriy birlashmalar va 1 metropoliten okrugiga (poytaxt) bo’lingandir.

Aholisi va dini. Aholining milliy tarkibi — 365 etnik guruxlardan tashkil topgandir. Bu guruxlarning eng yirigini yavanliklar — 46 %, sundlar — 13 %, madurliklar — 6 %, malayliklar — 5,5 % va boshqalar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda boshqa Osiyo mamlakatlaridan chiqqan xalqlar — xitoyliklar (4 mln.dan oshiq), arablar, hindistonliklar va boshqalar istiqomat qiladi. Indoneziya tili — davlat tili hisoblanadi. Aholining katta qismi — Yava, Madura va Sumatra halqi — musulmon diniga (87 %) ibodat qilishadi, shuningdek induizm (ayniqsa Bali orolida) va buddizm dinlari keng tarqalgan.

Картинки по запросу фото жакарта

Indoneziya poytaxti -Jakarta shaxri

Siyosiy tizim. Indoneziya — Unitar reyepublika hisoblanadi. Davlat va hukumat boshliki – prezident. Davlatning eng yuqori organi — Milliy konsultativ kongress hisoblanadi. Qonunchilik masalalari bilan Xalq vakillari Kengashi shug’ullanadi. Indoneziyada ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan. Indoneziya – BMT va OPEK tashkilotlari a’zosi xisoblanadi.

Iqtisodiyoti. Indoneziya — industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Sanoatning asosiy tarmoqlariga — neft va gaz, olova, ko’mir, boksit, marganes, mis va nikel rudalari, asbest, asfalt, fosforit, oltin, kumush va osh tuzi qazib olish kiradi. Sanoat sohasining asosiy tarmoklariga: neft va gazni qayta ishdash, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati, ozuqa va tekstid sanoatlari kiradi. Baliqchilik va badiqni ko’paytirish katta ahamiyatga egadir. Daraxtning qimmatbaho turlaridan yog’och ishlab chiqaraladi. An’anaviy hunarmandchilik saqlanib qolmoqda. Turizm sohasi keng rivojlanmokda. Eksport uchun: neft va neft mahsulotlari, suyultirilgan tabiiy gaz, elektr va elektr sanoati mahsulotlari, ko’mir, mis, nikel’, tekstil, qimmatbaho daraxt turlari, kauchuk, baliqchilik mahsulotlari, qahva, murch, choy daraxti po’stlog’i va shirinliklar yetkazib beriladi. Import orqali: og’ir mashinasozlik va kimyo sanoati mollari, transport va elektron uskunalar, mineral mahsulotlar va asosiy sanoat mollari. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: -AKSh, Yaponiya, Singapur va Germaniya.

Tarixi. Eramizdan avvalgi II-V asrlarda orollarda ilk davlatlarii tashkil etilish jarayoii faol tarzda olib borilgan. Kapitalni kirib kelishi va foydali strategik joylashuv, VIII asrda dong’i ketgan qudratli sumatra Shrividjayya imperiyasini vujudga kelishiga omil bo’ddi. IX asrda uning o’rnida, o’rta asrlarda eng yirik umumindoneziya davlati hisoblanib, XIV asrda islom-dinining orollarda tarqalishiga zamin yaratgan yangi Madjapaxit — yavan davlati barpo etildi. XVII asrda portugaliya va gollandiyaliklar indoneziya orollarini o’zdarining mustamlakalari qilib oladilar. XX asrning boshlariga kelib hozirgi Indoneziyaning butun hududi bugunligicha gollandiya mustamlakasiga aylandi. 1926—1927 yillarda Yava va Sumatrada mustamlakachilarga qarshi yirik-qo’zg’olonlar bo’lib o’ldi. Ikqinchi jahon urushi oxirlariga kelib, yaponlarning orolni bosib olayotgan bir vaqtda (1942 yili) Indoneziyada milliy-ozodlik harakatlarining yangi turtkilari boshlanib ketdi. Natijada 1949 yili BMT “davra suhbati” Indoneziya Respublikasini vujudga kelgani haqida e’lon qildi. 1950 yilning avgust oyida Indoneziya Unitar respublika deya e’lon qilinadi. Sharqiy Timorni o’z-o’zini boshqarish va mustaqilligi uchun Portugaliya trmonidan (1974 yil) tan olinganidan so’ng Indoneziya o’z harbiylarini bu mamlakatga kiritdi va 1976 yili Sharqiy Timorni Indoneziyaning provinsiyasi deb e’lon qildi. Sharqiy Timorni o’z mustaqilligiga erishishga bo’lgan to’xtovsiz harakatlari ta’sirida 1999 yil 30 avgustda referendum o’tkazilib, unda xududdagi aholining 78,5% Sharqiy Timorning mustaqilligi uchun ovoz berishdi. 1999 yil 12 sentyabrda sobiq provinsiyaga BMT xalqaro qurolli kuchlari kiritildi, Indoneziya qo’shinlari esa hududni tark etishdi.

manbaa: megadunyo.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий