Dunyo mamlakatlari haqida faktlar

  • Har yili noyabr oyida London shahrida eng katta tantana va dabdaba bilan o`tadigan an’anaviy marosimlardan biri qirolichaning o`z qarorgohi Bukengem saroyidan parlament binosi – Vestministerga nutq so`zlash uchun ko`chib o`tishidir. Bu tantanada qirolichaning 6 juft oq ot qo`shilgan zarhal faytonini o`rta asr libosini kiyib olgan otliq gvardiya eskadroni boshlab boradi. Otliq gvardiya egniga Vaterloo jangi zamonidagi tantanavor harbiy anjom kiyib oladi.

  • Yaponiyaning davlat tuzumi 1947 – yilda konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mutloq monarxiya bo`lib , monarxiya qonunlari imperatorga cheklanmagan hokimiyat berib , uni ilohiylashtirar edi. 1947- yilda mutloq monarxiya bekor qilindi, biroq mamlakatda saqlanib qolgan an’anaga ko`ra bu yerdagi yil hisob (sana)larning biri navbatdagi imperatorning davlat boshiga kelishidan boshlanadi. Taxtga 1989- yil boshida imperator Akihito kelishi munosabati bilan bog`liq yangi yil hisobi “xeysey” deb atala boshladi. ” Xeysey ” – “butun dunyoda , Yerda va osmonda tinchlikni barqaror toptirish” demakdir.
  • Saudia Arabistonining birinchi qiroli Abdul Aziz Ibn Saud bo`lib, u 1932- yildan to 1953- yilgacha hukmronlik qilgan. Uning 17 ta rasmiy rafiqasi bo`lib, ulardan 5 tasi “birinchi rafiqa” unvoniga ega edi. Hozirgi kunda qirol sulolasida turli darajada qarindosh bo`lgan 5 mingga yaqin erkak bor.Mamlakatdagi barcha yuqori lavozimlarni ushbu sulola vakillari bo`lishib olishgan.
  • Yaqinda Amerikalik geograflar kosmik rasmlarni o`rganib, quruqlikning 48 mln.km2 ( yoki uning deyarli 1/3qismi) yerida inson xo`jalik faoliyati ta’sirining hech qanday asari yo`q degan xulosaga keldilar. Shimoliy Amerikada hududning 38% idan, MDH da 34%, Xorijiy Osiyoda 14%, Xorijiy Yevropada3% yerda inson faoliyati izlari kuzatilmaydi. Antarktidada amalda hamma joyda inson faoliyati ta’sir etmagan.
  • Kishilar o`rtasida asrlarda Yer bag`ridan faqat 18 hil kimyoviy element va ularning birikmalarini olgan bo`lsa , XVII asrda 25 ta, XVIII asrda 29 ta, XIX asrda 47 ta , XX asr boshida 54 ta , XX asrning ikkinchi yarmida 80 ta kimyoviy element va uning birikmalarini olib ishlatadigan bo`ldi.
  • 70-80 yillarda fidoyi ishbilarmonlar eng yangi texnika yordamida Florida bo`g`ozida Ispaniyaning 1622- yilda cho’kkan “Atoga” va “Santa-Margarita” kemalarining qoldiqlarini topishdi. Ulardan juda ko`p miqdorda quyma oltin va kumush tangalar va yoqutlar chiqarib olishdi.
  • Dunyo okeani tagidagi temir marganes qotishmalari XIX asrning 70- tillaridayoq inglizlarning “Chellenjer” ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan. Ushbu qotishmalar hamma okeanlarda tekshirildi lekin ular Tinch okeanida eng katta maydonni egallagan.
  • Dunyoda 2,5mingdan ortiq yirik qo’riqxonalar, rezervatlar, tabiiy va milliy bog’lar bor, ularning umumiy maydoni 4 mln. km2 dan ortiq, Yerning 2,7% maydonini egellagan. Maydoniga ko’ra eng yirik milliy bog’lar Grenlandiya, Botsvana, Kanada va Mo’g’uliston va Alyaskada joylashgan.
  • Rossiyada ham XX asr boshigacha ko’p bolalilik an’anasi mavjud bo’lgan. Mashhur hakim N.I.Pirogov oilada 13 – bola, buyuk kimyogar D.I.Mendeleev esa 17- farzand bo’lishgan. Lev Tolstoyning 13 ta bolasi bo’lgan.
  • Demografik ma’lumotlarga ko’ra, 80-yillarda dunyodagi eng ko’p bolali ona chililik ayollardan biri bo’lgan. Bu ayol hammasi bo’lib 55 ta bola tuqqan, u har gal egizak yoki uchtadan farzand ko’rgan.
  • Hind – Yevropa oilasiga mansub tillarda ingliz tili eng keng tarqalgan. Bu tilda 425 mln. kishi, hindlar tilida 350 mln., ispan tilida 340 mln. rus tilida 290 mln. bengal tilida 185 mln. va portugal tilida 175 mln, nemis va fransuz tillarida 120 mln. dan kishi so’zlashadi. Asosiy xalqaro aloqalar vazifasini hozirgi vaqtda ingliz tili bajaradi. Dunyodagi har yettita odamning bittasi bu tilni ozmi-ko’pmi biladi.
  • Dunyoda bir qancha mamlakatlardagina (Boliviya, Meksika, Peru, Efiopiya, Afg’oniston) aholining ko’pchilligi dengiz sathidan 1000m balandda yashaydi. Faqat Boliviya , Peru va Xitoyda (Tibetda) aholi yashaydigan joylar chegarasi 5000metrdan ham baland ko’tariladi.
  • XIX asrda aholi eng ko’p ko’chib ketadigan mamlakat- Irlandiya bo’lgan. Bu mamlakatning aholisi 40 – yillardagi buyuk qahatchilikdan keyin emigratsiya natijasida deyarli ikki barobar kamaygan. Bu mamlakat emigratsiya salmog’iga ko’ra birinchi o’rinni egallagan. Hozir ham Irlandiyada irlandlarning faqat yarmi yashaydi. AQSH da irlandiyaliklardan tarqalgan 40mln.dan ortiq kishilar yashaydi. Bu Irlandiya aholisidan 12 barobar ko’p.
  • Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo’lgan Avstraliya tarixining dastlabki bosqichida surgun qilinadigan o’lka sifatida foydalanilgan. Surgun qilinganlar tushurilgan dastlabki o’n bir yelkanli kema sakkiz oy suzgandan keyin 1788 yili materikning janubi-sharqiy qirg’og’iga yetib kelgan. Bu yerda keyinchalik o’sha vaqtdagi mustamlakalar vaziri nomi bilan Sidney deb atalgan manzilga (aholi punkti) asos solingan . 1988 yili Avstraliyaning 200 yilligi bayram qilinganda inglizlar “dastlabki flot” yo’lini aniq takrorlashdi . Hozirgi Avstraliya ko’plab immigrantlar keladigan mamlakatligicha qolib kelmoqda. Bu yerga har yili 100-150 ming kishi ko’chib keladi.
  • Ba’zi bir mamlakatlarda poytaxt vazifalarini ikkita shahar bajaradigan bo’lib tarixiy tarkib topgan. Niderlandiyada qirol qarorgohi Amsterdamda , parlament bilan hukumat esa Gaagada joylashgan . Janubiy Amerika Respublikasida siyosiy homarkazi Pretopiya , mamlakat parlamenti esa Keyptaunda joylashgan. Boliviyada Konstitutsiyaga binoan mamlakat poytaxti (hukumat qarorgohi ham) La-Passda joylashgan.
  • Ba’zi bir shaharlar faqat poytaxt vazifasini bajarish uchun qurilgan. Bunday shaharlarga Avstraliya poytaxti Kanberra yaqqol misol bo’ladi. Bu shahar poytaxtlikka da’vogar bo’lgan Sidney bilan Melburn shaharlari jamoalari o’rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf qilish uchun maxsus tanlangan joyda XX asr boshida bunyod etilgan. Kanada poytaxti Ottava vaAQSH poytaxtiVashington ham bunday poytaxtlarga misol bo’ladi.
  • Hamma mamlakatlarda “shahar ” tushunchasi har xil tushuniladi. Masalan , “Daniya, Shvetsiya, Fillandiyada 200 kishidan ortiq, Kanada va Avstraliyada 1 ming kishidan ortiq, Germaniya, Fransiya, Kubada 2 ming kishidan ortiq, AQSHva Meksikada 2,5 mingdan ortiq, Avstriya, Hindiston, Eron, Madagaskarda 5 mingdan ortiq, Shveytsariyada, Malayziyada 10 mingdan ortiq, Nigeriyada 20 mingdan, Yaponiyada 30 mingdan, Janubiy Koreyada 40 mingdan ortiq aholisi bo’lgan aholi punktlari shahar deb ataladi.
  • Avstraliya fermalaridagi kishilar bir-birlaridan juda uzoqda yashaydi. Ular qo’shnilari va umuman tashqi dunyo bilan asosan telefon hamda radio yordamida aloqa qilishadi. Vrach radio orqali maslahat beradi va zarur bo’lib qolgandagina kasalga borish uchun taklif qabul qiladi. Fermerlarning bolalari 15 yoshgacha radio orqali o’qitiladi. Har bir o’quvchining o’z radiostantsiyasi bo’ladi, u mashg’ulotni bajarayotganda ana shu radiostantsiya yordamida o’qituvchiga , boshqa o’quvchilarga murojat qilishi mumkin. O’quvchi o’zining yozma ishlarini haftada bir marta radio-maktab o’qituvchisiga yuborib turadi.
  • Yevropaning eng “uzun” mamlakati – Norvegiya bo’lib, u shimoldan janubga 1750 km ga cho’zilgan. Fransiya va Buyuk Britaniyaning eng uzun joyi 1000 km ga yaqin , GFRniki – 850 km, Vengriya va Bolgariyaniki- taxminan 500 km, Belgiyaniki- 230 km.
  • Mintaqadagi mikrodavlatlardan eng “kattasi” Fransiya bilan Ispaniya orasida joylashgan Andorra Respublikasi bo’lib, u 467 km hududni egallaydi(bu hudud Moskva shahri maydonidan ikki baravar kichik). Shveysariya bilan Avstriya orasida joylashgan Lixtenshiteyn knyazligi Reyn daryosi bo’ylab 25 km ga cho’zilgan., mamlakatning eni esa atigi 10 km. Dastlabki davlat tuzuklari 1263 yilga to’g’ri keladigan San-Marino Respublikasini har tomondan Italiya o’rab turadi; bu mitti davlatning maydoni 67 km. O’rta dengizning Fransiya sohillarida joylashgan Monako knyazligining maydoni atigi 1,9km bo’lib, uzunligi 2,7 km dir. Rim shahrining g’arbiy qismida joylashgan Vatikan davlat shahari bor yo’g’i – 0,44 gektarda joylashgan.
  • Chexiyada davlat chegarasidan 105 km dan uzoqda joylashgan birorta aholi punkti yo’q . Bu ko’rsatkich Bolgariyada 120 km ga , Ruminiyada 170km ga, Polshada esa 230km ga teng.
  • “Janubiy slavyan xalqlari – bolgarlar , serblar, makedoniyaliklar, chernogoriyaliklarning bir qismi slavyan yozuvidan foydalaniladi; bu tillar rus, ukrain va belorus tillariga yaqin. Masalan, bolgar tilidagi “den” so’zi ruscha “den” (kunduz) ga to’g’ri keladi, har ikkala xalq “utro” ni bir ma’noda ishlatadi, bolgarcha “blagodarya” – ruscha “spasibo” , bolgarcha “sladolyod” – ruscha “morojenoy” ga to’g’ri keladi. Boshqa slavyan xalqlari – polyaklar, chexlar, slovaklar, xorvatlar, slovenlar- lotin yozuvidan foydalanadilar.
  • Yevropada Ural til oilasiga fin, vengr va eston tillari kiradi; bu tillar fonetik tarkibi va gramatik tuzilishining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.
  • Aholisi atigi ming kishidan iborat Vatikan davlatshahri o’z hukumati, bank, gvardiyasi, qonunlari, valyutasi, pochta markalari va eng muhim o’z monarxi- Pim papasiga ega. Vatikanning asosiy funksiyasi din bilan bo’g’liq, ta’sir doirasi esa butun dunyoni qamrab oladi; zotan dunyodagi katolik diniga e’tiqod qiluvchilar 800 mln. Kishini tashkil etadi, cherkov xizmatidagi ruhoniylarning umumiy soni 400 ming kishiga; monax va yarim monax ordeni a’zolarining umumiy soni esa 1 mln. dan ortadi.
  • Klayd daryosi bo’yidagi Glazgo shaharida Britan passajir flotining eng katta kemalari “Kuin Meri” va “Kuin Elezabet” qurilgan bo’lib, ularning suv sig’imi 80 ming tonnadan ortiq.Ular hozirgi vaqtgacha 4 mln. dan ortiq yo’lovchi tashiganlar.
  • Lyuksemburg davlati garchi cho’yan va po’lat quyishning umumiy hajmi jihatidan jahondagi mamlakatning atigi yigirmaligiga kirsa-da , ularni jon boshiga qo’yishda(1 kishiga 10 tonna choyan va po’lat to’g’ri keladi) u yakkayu-yagona birinchi o’rindadir.
  • Polsha geologlari 50-yillar oxirida neft qidirayotib, mis rudasi konini ochdilar va bu kon Yevropada eng katta bo’lib chiqdi. Misli qumtoshlarning chuqurligi uncha katta emasligiga (1 km gacha) va tog’-geologiya sharoitining murakkabligiga qaramay, bum is koni o’zlashtirilib, bu yerda Quyi Sileziya mis rudasi havzasi vujudga keldi.
  • Belgiya “brauning” ov miltiqlari ishlab chiqarish, olmosga ishlov berish (Antverpen-biriliantlar savdosining dunyodagi markazidir) , Avstriya – tog’ chang’illari , Chexiya esa – bijuteriya (taqinchoqlar) , turli xil qalamlar ishlab chiqarish bilan mashhur. Chexiyaning dunyoga mashhur “Kohi-Nor” fabrikasi kuniga qattiqligi 21 daragacha va rangi 64 xil bo’lgan qalam ishlab chiqaradi. Lixtenshteynda dunyoda eng katta sun’iy tish ishlab chiqarish korxonasi bo’lib, uning mahsuloti yuzdan ortiq mamlakatga jo’natilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий