Dunyo haqida qiziqarli faklar

  • Hududi jihatidan eng kichik davlat – Vatikan (44 gektar).

  • Butun qit’a hududini egallagan yagona davlat – Avstraliya.
  • Orollari eng ko’p davlat – Indoneziya.
  • Eng ko’p chegaralari bor (108 ta) materik – Afrika.
  • Davlatlar o’rtasidagi eng uzun chegara – AQSh va Kanada chegarasi (8963km).
  • Qit’alararo eng katta tug’ilish va o’lim ko’rsatkichi Afrikada.
  • 1974 yilda erining o’limidan so’ng Mariya Estela Martines de Perron Argentina prezidenti lavozimini egallagan va u dastlabki prezident ayol bo’lgan.
  • Isroil, Livan, Yangi Zelandiya, Ummon va Buyuk Britaniyada konstitusiya yo’q.
  • Singapurning butun hududini metroda aylanib chiqish mumkin. Bu davlat hududi shimoldan janubga 23 km, g’arbdan sharqqa 42 kmga teng.
  • Metro liniyalarini uzunligi esa 67 km bo’lib, Singapur metropoliteni eng zamonaviy metropolitenlardan biridir.
  • Namibiya poytaxtidan 450 km shimolroqda yerga tushgan eng yirik meteorit – Xoba yotibdi. Uning vazni taxminan 50 tonnaga teng.
  • Dunyodagi eng yirik meva Seyshel palmasi mevasidir. Uning vazni 20 kg atrofida bo’ladi.
  • AQShning Kentukki shtatida yashovchi fuqaro qonunga ko’ra har yil loaqal bir marta vanna qabul qilishi shart.
  • Fransiyada 1944 yilga qadar ayollarga ovoz berish huquqi berilmagan.
  • Bahrayn, Bruney, Quvayt va Qatar davlatlarida daromad solig’i olinmaydi.
  • AQSh konstitusiyasiga asosan yangi saylangan prezidentlar faqat choshgohda qasamyod qabul qiladilar.
  • Yuta shtatidagi maxsus qonunga ko’ra marhumlar oldida so’kinish mumkin emas.
  • Dastlabki patent byurolari XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Amerikada XVIII asrga kelibgina patent byurolari ochilgan.
  • Ilk sug’urta 1151 yilda Islandiyada qayd qilingan. Odamlar o’lat va yong’indan sug’urtalanganlar.
  • Tinch holatda odam minutiga 12-20 marta nafas oladi. Otlarda bu ko’rsatkich 12ta, kalamushlarda 60 ta, kanareykada 110 tani tashkil qiladi.
  • Odamning umumiy qon tomirlari uzunligi taxminan 100 ming kilometrni tashkil qiladi.
  • Har daqiqada miyaga taxminan 740-750 millilitr qon oqib keladi.
  • Ko’zlar taxminan 60-80 daqiqa ichida qorong’ulikka to’liq moslashadi.
  • Erkaklar bir qultum ichishda taxminan 21 millilitr, ayollar esa 14 millilitr suyuqlik ichadilar.
  • Organizmdagi suvning bir foizi kamaysa ham kishini kuchli tashnalik bezovta qiladi.
  • Organizmdagi suv 5 foizga kamaysa, kishi behush bo’ladi. 10 foiz kamayishda o’lim yuz beradi.
  • Buyuk Xitoy devorini qoplab chiqish uchun taxminan 15.840.000 o’ram gulqog’oz kerak bo’ladi.
  • Ikkinchi ming yillik boshida (1000 yilda) Yer shari aholisi 400 million kishini tashkil qilgan. Oxirida esa (1999 yilda) 6 milliarddan oshgan.
  • Aholi jon boshiga qog’oz sarfi dunyo bo’ylab o’rtacha 45 kg Afg’oniston va Malida bu ko’rsatkich 100 grammani tashkil qilsa, Finlyandiyada 1400 kg.ga yetadi.
  • Har daqiqada Yer shari bo’ylab o’rtacha 200 marta chaqmoq chaqadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий