Parij bundan bir asr oldin

Spread the love

Har safar Parijga borganimda yolg’iz o’zim aylangani chiqishni yaxshi ko’raman. Bir o’zing dunyo g’amini unutib maftunkor Parij ko’chalarida sayr qilganingga, xayol surganingga nima yetsin?! Bu shaharni o’ziga xos fayzi bor, bu yerda shunday bir atmosfera borki, shaharda 10 daqiqa sayohat qilishni o’zi yetarli. Kayfiyating o’zgaradi, romantikka aylanasan, so’nggi modada did bilan kiyingan fransuz qizlarini ko’rib, ularning chiroyidan bahra olasan.

Parij bu alohida bir dunyo. Bu shahar shunchalik ulkanki, hech qachon bu shaharni to’laligicha o’rgana olmaysan.
Har safar aylanib yurganingda ko’zing hech qachon ko’rmagan yangi bir narsaga tushadi va shahar o’z chiroyi bilan qayta va qayta seni lol qoldiradi. Balki shu uchundir Parij mana bir necha o’n yildirki dunyoda eng ko’p turist qabul qiladigan shahar bo’lib turibdi.
Bu shahar o’zining ikki ming yillik tarixi, ajoyib saroyu-muzeylari, O’rta Asrlarda bunyod etilgan cherkovlari, zamonaviy arxitekturasi bilan dunyoning eng maftunkor shahri bo’lib turibdi.
Internetdagi nashrlardan birida Parijning XX asr boshida olingan suratlari namoyish etildi. Ushbu suratlarni ko’rib bundan hatto bir asr oldin ham Parij maftunkor va o’ziga xos shahar bo’lganligini payqash mumkin. Parijni bugungi kundagi rasmlarini internetda qayta va qayta ko’rganmiz. Lekin, XX-asr boshida olingan suhbu rangli suratlarni men birinchi marta ko’rishim va suratlar haqiqatdan ham meni lol qoldirdi.
E’tiboringizga XX-asrning boshida birinchi jahon urushidan oldin olingan ushbu suratlarni taqdim etaman.

Вам может понравиться

Добавить комментарий