Doimo kulub turuvchi chamalar

Yer sharida eng sersuv Amazonka daryosi xavzasida Chama qabilasi yashaydi. Bu qabila Amazonka irmog’i Ukayala daryosining (Peru) yuqori va o’rta oqimi bo’ylarida hayot kechiradilar.

Ularning asosiy mashg’uloti baliq ovlash va banan yig’ishdir. Chamalar juda xushchaqchaq xalqdir. Ular doimo, hatto baxtsizlik yuz berganida ham kulaveradilar. Kulishlari esa otni kishnashiga yoki o’z ustidan qattiq kulishga o`xshar ekan.
Chamalarning pul to’g’risida tushunchalari yo’q. Buyumlarning baxosini umuman bilmaydilar. Agar qo’shnisinipg xanjari unga yoqib qolsa, unga bir necha marta qimmat bo’lgan narsasini almashtiraveradi. Biroq, oq tanli kishilarning aqli unchalik rivojlanmagan, kaltafahmroq deb xisoblaydilar.

Maymun gushtini ovqatga ishlatish mumkinligini aytsalar-da, lekin maymunlarning boshi odamlarnikiga uxshash yumaloqligi uchun ularni istemol qilish nomunosib deb hisoblaydilar. Shu tufayli maymunlarga uxshamaslik uchun tug’ilgan bolaning boshini oldi va orqasidan taxtakach bilan bir oycha qisib qo’yadilar. Bundan tashqari, kishi tanasidagi tuklarni (boshidagi sochidan tanqari) Hammasini tozalab yulib tashlaydilar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий