Diqqat, saratonning yangicha davosi topildi!!!

Ma’lumki, saraton ayni paytda dunyoda eng ko’p tarqalgan xastalik hisoblanadi. Bu haqda hordiq.uz nashri ma`lumotiga tayanib shunday deb yozadi.

U odamning hayot tarzi o’zgarishi yoki aksincha o’zgarmasligi oqibatida yuzaga keladi. Shu kunga qadar dunyoning ko’plab olimlari bu xastalikni ildizi bilan quritish yo’lida yuzlab, minglab tadqiqotlar o’tkazishdi, dori-darmonlar yaratishdi. Baxtga qarshi saratonni butkul yo’q qilish yoki davolashning iloji bo’lmayapti.

Avstraliyalikxastalikka qarshi yangi kurash usulini o’ylab topishdi. Ular bemorning immunial tizimini qayta dasturlash orqali hozircha oqqon saratonini yo’q qilishga erishishdi. Shubhasiz, dastlabki sinovlar sichqonlarda o’tkazildi.

Buning uchun olimlar bemorning immunitet uchun javobgar to’qimalarini olib tashlab, ularning irsiy darajasini o’zgartirib, qaytadan organizmga o’rnatishganda, to’qimalar saraton xastaligiga qarshi juda faol kurasha boshladi. Endi olimlar bu usulni saraton shishlarida ham tekshirib ko’rishmoqchi. Agar shu sinov ham muvaffaqiyatli chiqsa, kelgusida klinik sinovlarga kirishishadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий