Dezodorantning salomatlik uchun xavfli (mi?)

Shifokorlar dezodorantlardagi sprey shaklidagi birikmalar terida allergik reaksiyalarni, astma kasalligini, nafas olish bilan bog’liq muammolarni, ko’ngil aynishi va bosh og’riqlarini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirmoqda.

Ba’zida bu ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi yoki mavjud muammolarni yanada chuqurlashtirishi mumkin ekan. Spreyli dezodorantning yo’riqnomasiga ko’ra, undan yaxshi shamollanadigan xonada foydalanish zarur. Biroq odatda reklamada yosh yigit vannaxonada turib balloncha tarkibini boshdan-oyoq purkashi namoyish etiladi. Bunda xonada gaz kamerasi effekti yuzaga keladi.

Misol tariqasida Jonatan Keypvell bilan yuz bergan voqyea keltirilmoqda, deb yozadi “Meddaily”. U 16 yoshida yurak xurujidan vafot etgan. Olib borilgan tekshiruvlar uning badanidagi butan va propan gazining miqdori o’limga olib keluvchi ko’rsatkichlardan o’n baravar ko’p bo’lganini ko’rsatgan. Bu gazlar dezodorantlar tarkibida mavjud. Ular vaqt o’tishi bilan yigitning tanasida to’planib qolgan.

Yosh yigit dezodorantni hatto sochlariga ham sepib yurgan. Natijada, u kislorod bilan emas, balki sprey ximikatlari bilan nafas olgan va bo’g’ilish oqibatida yuragi to’xtab qolgan. Shifokorlar tabiiy komponentlarga ega rolikli dezodorantlardan foydalanishni maslahat berishmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий