Depressiyadan chiqish yo’llari

Psixologlarga eng ko’p beriladigan savol qaysi, bilasizmi? Bu – “Depressiyadan qanday chiqish mumkin?”  degan savol. Bunday savol beruvchilarning hammasi ham depressiyaga chalingan deyish noto’g’ri. Ba’zi odamlar shunchaki yomon kayfiyat yoki mayuslikni depressiya bilan almashtirishadi. Biroq vaqtida davolamasa, depressiya yengil shaklga o’tishi ham mumkin.

 Dam oling

Agar sizda depressiya charchash natijasida yuzaga kelgan bo’lsa, hyech narsaga e’tibor bermay dam oling.

Ikki haftalik ta’til olib, uni butkul o’zingizga bag’ishlang: kitob o’qing, yaxshilikka chorlovchi filmlar ko’ring, do’stlaringiz bilan muloqot qiling, to’yguningizcha uxlang, o’zingiz yoqtirgan shirinliklardan iste’mol qiling.

Sayohat qiling

Sharoitni o’zgartirish va yangi yoqimli taassurotlarga ega bo’lish har bir insonga kerak, qiyin kunlarni boshdan kechirayotganlar uchun esa hayotiy ahamiyat kasb etadi.

Sayohat yo’nalishini moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib tanlang.

O’z xobbingizga ega bo’ling!

Sevimli ish bilan shug’ullanish va o’xshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat bo’lish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni ko’taradi.

Muloqot qiling!

Do’stlaringiz, qarindoshlaringiz va o’zingiz xush ko’rgan insonlar bilan muloqot qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan qoching.

Hayotdan zavq olib yashang!

Har bir insonning hayotdan zavq olib yashashi uning o’ziga bog’liq. Shunday ekan, ortiqcha qayg’uga berilmay, hayotingizdagi har bir voqyeadan foydali xulosa chiqaring.

O’zingizga ma’qul narsalarni xarid qiling!

Anchadan beri olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz, kayfiyatingiz ko’tarilishi shubhasiz.

Sport bilan shug’ullaning!

Zero, sog’lom tanda – sog’ aql, depressiya va boshqa ruhiy xastaliklarga esa bu yerda o’rin yo’q.

Dikqatingizni jamlang!

Ish, oila – farqi yo’q, o’zingiz uchun muhim bo’lgan narsaga e’tiboringizni qarating. Bu sizni chalg’itib, zulmatdan chiqishga yordam beradi.

Miyangizni kemirayotgan “xasta o’y”ni topib, undan xalos bo’lishga harakat qiling. Bu sizning sog’lig’ingizga arzimaydi-ku!

Ijobiy fikrlashni hamda hayotdagi katta va kichik xursandchiliklarni ko’rishni o’rganing! Qisqa qilib aytganda, optimist bo’ling!

O’zingiz ustingizda ishlang, shaxs sifatida rivojlaning!

Manbaa: “Afrosiyob press” gazetasining №7 sonidan

Вам может понравиться

Добавить комментарий