Dengiz tasvirlari bo’yicha tengi yo’q rassom

Ivan Ayvazovskiy – mashhur rus rassomi, dengiz mavzusida asarlar yaratgan tengi yo’q mo’yqalam sohibidir.

U 1817 yili Feodosiya (Qrim) shahrida, avvallari Ayvazyan familiyasidagi armani oilasida dunyoga keladi. Garchi uning oilasi nochor ahvolda yashagan bo’lsa-da, maktab o’qituvchilari Ivandagi talantni payqaydilar va uning chizmalarini shahar hokimiga ko’rsatadilar. Hokim iqtidorli bolani qo’llab – quvvatlaydi. Keyinchalik shahar hokimi gubernator vazifasini egallaydi va Ayvazovskiy oldida keng imkoniyatlar eshigi ochiladi.


Yosh rassomni davlat hisobidan Sankt-Peterburgdagi badiiy akademiyaga o’qishga yuboradilar va Ivan bu dargohni 1839 yili a’lo baholarga yakunlaydi.
Shundan so’ng rassomning ijod sohasida omadi chopadi. Bir necha yildan so’ng Ayvazovskiy Rossiyadagi eng mashxur dengiz tasvirlarini yaratolgan (marinist) rassom deb tan olinadi. U harbiy – dengiz flotiga musavvir vazifasiga ishga olinadi.

420


Ayvazovskiy dengiz va undagi janglar tasvirlarini yaratish bilan birga turli xalqlar turmushiga oid suratlar chizadi. Lekin uning asarlari bosh mavzusini Qrim va Qora dengiziga bag’ishlangan asarlar tashkil etadi.


“To’qqizinchi to’lqin” – Ayvazovskiyning eng mashhur asari hisoblanadi. Unda dovuldan so’ng omon qolgan bir necha dengizchining kema qoldig’ida jon saqlab qolishga urinayotgan fojiaviy holati tasvirlangan. Qadimgi rivoyatlarga ko’ra, aynan har bir to’qqizinchi to’lqin vayron etuvchi kuchga egadir.
Kartinaning jozibasi ham fojiaviy holatga qaramasdan, odamlarning omon qolishga bo’lgan umidida ifodalanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий