Deggaron majmuasi

Karmana shahrining 30 km g‘arbidagi hazora qishlog‘ining yonida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri — Deggaron masjidi joylashgan.

Uning qurilish davri XI asr boshlaridan nariga o‘tmaydi. Bu bino Zarafshonning so‘l qirg‘og‘ida, endilikda vayron bo‘lgan, lekin ilgari yaxshi mustahkamlanib qurilgan qadimiy kichik bir qishloq hududida joylashgan. qishloqning ham, masjidning ham nomi bu yerda yashagan, aholining asosiy mashg‘uloti — o‘tga chidamli qozon tayyorlashdan olingan. Shunisi e’tiborliki, Xojagon Sulukining mashhur sufiylaridan biri bo‘lmish Shayx Mavlono Orif Deggaroniy (1313–1376) shu qishloqda tug‘ilgan va shu yerda dafn etilgan. Bu zot Naqshbandiya tariqatidagi Xojagon Sulukining buyuk namoyandasi bo‘lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri hisoblanadi. Keyinroq, XVII asrda Deggaron qishlog‘i masjiddan bir oz narida joylashgan Hazora qal’asiga aylangan. Masjid turli texnika usulida qurilgan: tashqi yuzasi, ustunlari va poydevorining bir qismi — pishiq g‘ishtdan, devorlari xom g‘isht va paxsadan iborat. gumbazlarining ichki qismi ravoqlardan, devorga tegib turgan yoki alohida qad ko‘targan ustunlar g‘ishtdan bino qilingan. Markaziy gumbazni ko‘tarib turgan to‘rt ravoq g‘isht va ganjdan sebarga shaklidagi o‘ziga xos bezaklar bilan bezatilgan. markaziy gumbaz atrofidagi sakkizta kichik gumbaz «balxi» uslubidagi kichik ravoqlar orqali masjidning tashqi dyevorlari va ichki ustunlariga tayangan holda qurilgan. Bu joy hozirda qayta ta’mirlanib, majmuada muzyey faoliyat ko‘rsatmoqda.

Вам может понравиться

Добавить комментарий