Choy paketini qayta ishlatish uchun ajoyib maslahatlar

Bir marta ishlatilgan choy paketlarini tashlab yuborishga shoshilmang. Ular sizga yana as qatishi mumkin. Biz sizga beradigan quyidagi maslahatlarni yodda saqlang.

1. Idishlarni zangdan himoya qiling

Metall oshxona buyumlarini nam choy paketlari bilan arting. Uning tarkibidagi taninlar idishni zanglab qolishidan himoya qiladi.

2. Makaron va yormalar uchun ziravor sifatida ishlating

Choy paketini suvga solib qaynating va olib tashlab, makaron va don mahsulotlarini soling. Taomlar noodatiy ta’mga ega bo’ladi. Bu borada jasmin va moychechak mazali choylar yaxshi ziravor bo’la oladi.

3. Go’shtlarni yumshatadi

Choy go’shtni qattiq bo’lib qolishdan saqlaydi va unga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.

4. Idishdagi yog’ni ketkazadi

Ishlatilgan paketlarni issiq suvga tashlang va kir idishlarni uning ichiga solib qo’ying. Orada biroz vaqt o’tgach, barcha yog’larni tezda yuvishga muvaffaq bo’lasiz.

5. Yog’ochlarni tozalang

Choy paketlaridan mebel jihozlari va pol artishda ham foydalanish mumkin.

6. Qo’ldagi yoqimsiz hiddan xalos bo’ling

Baliq, piyoz va sarimsoq kabi noxush hidlardan eski choy paketlari orqali xalos bo’lish mumkin.

7. Maishiy hidlarni yaxshilaydi

Muzlatkich, chiqindi chelagi va boshqa erga qo’yilgan choy paketlari yoqimsiz hidlardan xalos etadi. Faqatgina ularni tez-tez almashtirib turish lozim.

8. Poyabzal hidini yo’qoting

9. Havo tozalovchi sifatida ishlating

Quruq choy paketiga ikki tomchi efir moyini qo’shing. Natijada, quruq havo tozalovchi vosita tayyor bo’ladi.

10. Gilamlarni tozalang

Gilamlarni kirdan xalos qilish uchun avval etarli miqdorda ishlatilgan choy paketlarini tayyorlab oling. Ularni muzlatgichda suvga solingan holda saqlang. Etarli miqdorda paketlar yig’ilgach, ularni ochib, quriting — choy birozgina nam bo’lsa bas

Keyin choyni gilam ustiga sepib chiqing va ular qurigach, changyutgichda tozalab olsangiz, kir va yoqimsiz hid birga yo’qoladi.

11. Oyna va shishali idishlarni tozalang.

12. Uy zararkunandalarini haydang

Sichqon, o’rgimchak va boshqa hashoratlar choy hidini yoqtirmaydi. Choy paketlarni uyga qo’ying va zararkunandalar ham yo’qoladi.

13. So’galni yo’qotadi

So’galni ketkazishning eng samarali usuli — ko’k choyli paketdan foydalanish. So’galli erga ishlatilgan paketni 15 daqiqaga qo’yib qo’ying, keyin paketni almashtiring va yana 15–20 daqiqa ushlab turing. Bu ishni bir necha kun qaytaring. Tez orada so’gal g’oyib bo’ladi.

14. Qon ketishini to’xtatish

Eski choy paketlari kichik qon ketishini ham to’xtatishga yordam beradi.

15. Ko’karish va chaqishlarga qarshi davo bo’ladi

Nam choy paketlari og’riqni bosib, yaralarni tez bitishiga yordam beradi.

16. Teri infektsiyalariga qarshi kurashadi

Choy kon’yunktivit, yazva yoki gerpes kabi kasalliklarga ham davo bo’la oladi. Iliq paketni yaralangan erga bosilsa bas.

17. Og’izdagi badbo’y hidni yo’qoting

Ayniqsa, ko’k va yalpizli choy og’izdagi hiddan halos bo’lishga yaxshi foyda beradi. Shuningdek, tishdagi qonashlarni ham to’xtatishga yordam beradi.

18. Ko’z atrofidagi doira va shishlarni ketkazadi

Choy paketlarini muzlating va ularni ko’zingizga qo’ying. Choydagi kofein qora doiralar va shishlarni kamaytiradi, antioksidantlar esa qon aylanishini ta’minlab beradi.

19. Quruq yuz terisini namlaydi

Ishlatilgan sovuq choy damlamasi quruq terini yaxshi namlaydi.

20. Oyoq terisini yumshatadi

Ishlatilgan choy paketlaridan tayyorlangan vanna hattoki dag’al tovonlarni ham yumshata oladi. Ular yoqimsiz hidni yo’qotib, terini yumshatadi.

21. Antioksidantli vanna qabul qilish

Choy tarkibida ko’plab antioksidant mavjud bo’lgani uchun, u organizmni sog’lomlashtiradi va undagi toksinlarni chiqarib yuboradi. Shunchaki, suvga paketlarni solgan holda cho’milish tavsiya etiladi.

22. Sochlarni namlang

Shampundan so’ng choyga boshni yuvish ularni oziqlanishi va tez o’sishiga yordam beradi.

23. Quyoshdan kuyishga qarshi yaxshi davo

Ishlatilgan choy paketi — quyoshda kuygan kishiga eng yaxshi yordamchi.

24. O’simliklarni parvarishlang

Choy xona va bog’ o’simliklari uchun juda ham foydali. Kuchsiz choy damlamalari zamburug’li infektsiyalardan himoyalaydi, quritilgan choy esa azotli o’g’it va dori sifatida xizmat qiladi.

25. Ijod uchun ishlating

Choy — tabiiy bo’yoq vositasi. Uni turli jigarrang yoki to’q yashilranglarni hosil qilishda ishlatish mumkin. Qolaversa, qolgani o’zingizning fantaziya olamingizga bog’liq.

Manbaa: quvnoq.com

Вам может понравиться

Добавить комментарий