Chingizxon yorlig’i

Payza, paydza (xitoycha-mo’g’ulcha) — yorliq. Картинки по запросу фото пайцза чингисханаChingizxon Yasyasiga binoan joriy etilgan, oltin, kumush, cho’yan, jez hamda yog’och taxtachalarga bitilgan, mo’g’ul xonlari tomonidan mo’g’ullar hukmronligiga tobe mamlakatlarga tayinlangan noiblar, shuningdek,  chopar va elchilarga, ularning  lavozimlariga  qarab  beriladigan  yorliq,  buyruq.  Noiblarga  hamda  elchilarga beriladigan oltin Payzaga xonning buyruqlari yozilgan va ular noib yoki elchiga cheksiz vakolat huquqini bergan. Payza egasi istagan narsani talab qilishga haqli bo’lgan, uning talabi so’zsiz bajarilgan. Maqalliy hukumat vakillari Payza bor ma’murga ot, yo’l ko’rsatuvchi kishi, oziq-ovqat va boshqa xizmatlarni ko’rsatishga mas’ul bo’lganlar. Payzaning darajasiga qarab unga qush yoki hayvon rasmi solingan. Eng oliy darajali Payza yuziga yo’lbars surati tushirilgan. Bu turdagi Payza hukmronlik  va  daxlsizlik  belgisi  bo’lib  xizmat  qilgan.  Payzaga  ega  shaxslar  talanish  yoki jazolanishdan mustasno edilar.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий