Chayot – Meksika bodringi

Chayot, Meksika bodringi (Sechium edule L.) — qovoqdoshlar oilasiga, Sechium turkumiga mansub o’simlik turi, oziq-ovqat ekini. Картинки по запросу фото Chayot

Markaziy Amerikada indeyslar tomonidan madaniylashtirilgan. 19-asr o’rtalaridan Afrikada, so’ngra Janubiy Yevropada, Osiyoning tropik qismida tarqalgan. Asosan, Meksikada ko’p ekiladi. Tropiklarda ko’p yillik, subtropiklarda bir yillik ekin, poyasining uzunligi 10 metrgacha boradi. Bargi besh bo’lmali, guli ayrim jinsli. Mevasi noksimon, rangi yashil, bir urug’li, uzunligi 13—20 sm gacha, og’irligi 0,2—2 kg. Mevasi tarkibida 3—3,5% qand, 20% kraxmal, oqsil, qisman moy bor.

Картинки по запросу фото Chayot

Qovurib yoki dimlab yeyiladi. Ekilganidan keyin 2 yildan boshlab ildizida 2 kg dan 30 kg gacha tuganaklar hosil qiladi. Ildizda hosil bo’lgan tuganaklarda 20% gacha kraxmal, oqsil, smolali moddalar to’planadi, mazasi kartoshkaga o’xshaydi, bolalar va bemorlar uchun parhyez un tayyorlanadi.

Картинки по запросу фото Chayot

Poyasidan bosh kiyim va savatlar to’qiladigan pishiq tola olinadi.

Subtropiklarda butun mevasini band tomoni Chayot bilan ekib ko’paytiriladi. Ekish sxemasi 2 m x  1,5 m. Sentyabrda gullaydi, bir oydan keyin mevalari yetiladi (bir o’simlik 200 donagacha meva tugadi).

Вам может понравиться

Добавить комментарий