Charli Chaplin haqida 20 ta fakt

  1. Charles Spenser Chaplin 1889 yilning 16-aprelida Londonda san’atkor oilasida dunyoga keladi.2. Ota-onasi ajrashib ketishganidan so’ng u onasi – Xanna Xariyet Xillning qo’lida qoladi.3. Sahnaga ilk bor 5 yoshida chiqqan.

    4. Onasining betob bo’lib qolganligi va moddiy qiyinchiliklar tufayli 12 yoshida maktabni tashlab pul toppish uchun ishlay boshlaydi.

    5. Dastlab ko’chada gazeta sotadi, turli o’yinchoqlar yasaydi, bosmaxonada va ma’lum muddat idishlar ishlab chiqaradigan korxonada yugurdak bo’lib ishlaydi.

    6. U har kuni soat 7:00 da turgan. Uni undan erta yoki kech uyg’onganini hyech kim ko’rgan emas ekan.

    7. Dastlabki ijodini pantomimochi aktyor sifatida boshlaydi.

    8. «Baxtiyor Charli» filmidagi firibgar olifta roli uning ekranda yaratgan ilk obrazidir.

    9. Charli Chaplinning birinchi ovozli filmi «Buyuk diktator» deb atalib, unda Gitler satira qilingan edi. Katta xavf bilan ekranlarga chiqarilgan ushbu film antigitlerchi mamlakatlarda katta muvafaqqiyat qozondi.

    10. Maoshi 1914 yilda haftasiga 150 dollar bo’lgan.

    11. Charli Chaplin o’zining qiyofadoshlari tanlovida uchinchi o’rinni egallagan.

    12. «Pantamimo va ovozsiz filmlar qiroli» sifatida e’tirof etilgan.

    13. 1952 yil AQShdan ketib Shveysariyada yashay boshlaydi.

    14. 70-yillarda ikki marta «Oskar» mukofotini oldi.

    15. 1975 yilda Yelizavetta II tomonidan risarlik unvoniga munosib ko’riladi.

    16. U 16 yoshidayoq uylanadi. Biroq tez orada ajrashib ketadi.

    17. Hayoti davomida yana 3 marotaba uylanadi.

    18. Uning jami 11 nafar farzandi bo’lgan.

    19. Albert Eynshteyn Charli Chaplinning filmlarini yaxshi ko’rar, bu aktyorga ixlosi baland edi.

    20. 1977-yil 25-dekabrda 88 yoshida vafot etgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий