Chapaqaylar va o’naqaylarning farqi nimada

So’nggi paytda dunyoda chapaqaylar soni ortib bormoqda. Masalan, XX asr boshida ular aholining 4 foizini tashkil etishgan bo’lsa, yuz yillik oxiriga kelib bu raqam 14 foizga yetdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra hozirda yer yuzida 500 million chapaqay bor. Bu har 7-10 kishining bittasi demakdir

Chapaqaylik nimaga bog’liq

Maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda deyarli barcha xolatlarda chap qo’ldan foydalanuvchilar chapaqaylardir. Odam bosh miyasining rivojlanish jarayonida funsiyalar chap va o’ng yarim sharlar o’rtasida taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, o’qish, yozish, hisoblash, tahliliy faoliyatning mantiqiy, matematik va boshqa murakkab shakllari, o’ng yarim shar zimmasiga esa tashqi olamdagi narsalarning ko’rinishi, rangi va shu kabi yana ko’plab narsalarni aniqlash vazifasi yuklatiladi. Oyoq va qo’l harakatlari ikkala yarim shar o’rtasida taqsimlangan bo’lib, chap yarim shar ixtiyorida o’ng qo’l va oyoq, chap qo’l va oyoq o’ng yarim shar ixtiyorida bo’ladi.

Fliders universiteti professori Mayk Nikolsning aytishicha, inson faqat genetik jihatdan chapaqay yoki aksincha bo’lib tug’ilishi mumkin. Biroq buni nuqson deyish mutlaqo noto’g’ri. Jismoniy imkoniyatlar teng bo’lganidek har ikki toifadagi odamlarning aqliy qobiliyati ham teppa-teng.

Chapaqaylar kunini nishonlash tarixi

Butunjahon chapaqaylar kunini nishonlash g’oyasi ilk marotaba 1990 yilda Britaniya Chapaqaylar klubi tomonidan berilgan. 1992 yilning 13 avgustida u ilk marta nishonlangan. Klub bu bayramda chapaqay bolalarni maktablarda majburlab o’ng qo’lda yozishga o’rgatishga qarshi ekanliklarini namoyish qilib jamoatchilik e’tiborini tortishga xarakat qilishadi.

Chapaqay bolalar

Ma’lumotlarga qaraganda, chapaqay bolalarning qo’pchiligi o’zining chap qo’lda yozishidan uyalishar ekan. Bir muddat o’ng qo’lda yozishga harakat qilib, uddalay olmagach yana chap qo’lda yozishni boshlashar ekan.

Ma’lumki, shu paytga qadar chapaqay insonlarning aksariyat noyob iste’dodga ega bo’lishadi, degan aqida mavjud. Ba’zi olimlarning xulosalariga ko’ra, chap qo’lda ishlaydiganlar boshqalardan deyarli farqi yo’q ekan.

Chapaqay bolalar yozishga biroz qiynalishadi. Chunki biror bir matnni yozayotganda chap qo’l yozilayotgan yozuvni berkitib turadi, ular qayta-qayta yozganlariga qarayverishadi. O’ng qo’lda yozadiganlar esa yozganlarini ko’rib turib davom ettiraverishadi va vaqtdan yutishadi. Aslini olganda, bu vaqtinchalik xolat. Doimiy ravishda chap qo’l bilan yozish natijasida ba’zi chapaqay bolalar o’ng qo’llardan ham o’zib ketishadi.

Chapaqaylar va o’naqaylarning farqi nimada?

Agar ming dona sariq tennis sharlari orasiga 1 dona qizil sharni aralashtirib har ik5ki toifagsha mansub insonlarga uni topishni iltimos qilsangiz, “o’ng qo’l” kishi har bir sharni birma-bir ko’zdan kechirgach, qizil sharni topadi, chap qo’l esa ularga umumiy razm solib qizil sharni ancha avval topar ekan. Buning sababi “o’ngqo’llar” biror bir ishni tugatmasdan turib ikkinchi ishni boshlamas ekanlar, chapqo’llar esa birvarakayiga bir nechta vazifani bajara olar ekanlar.

Jahonning qo’plab mamlakatlarida o’tkaziladigan tadqiqotlar o’ngqo’llarga nisbatan chapqo’l kishilar kamchilikni tashkil qilishini ko’rsatadi. Biroq, chapqo’llarning o’z-o’zini ta’minlash, yaxshi yashashga bo’lgan intilishlari o’ngqo’llarnikiga nisbatan yuqori degan fikr ham bor.

O’tkinchi chapqo’llik

Tajribalardan ma’lum bo’lishicha, katta yoshdagi insonlar orasida chapqo’llar kamchilikni tashkil etar ekan. Olimlar buni inson yoshining o’sishi bilan izohlashadi. AQShda 20 yoshlilarning 12%i, 50 yoshlilar orasida 5%, 80 yoshlilar orasida esa bor-yo’g’i 1%ni tashkil etar ekan. Buning sabablari hozirga qadar sir bo’lib qolmoqda.

Chapaqaylar uchun mahsus maxsulotlar

Dunyoda chapaqaylarga xizmat ko’rsatadigan muassasa va tashkilotlar, firmalar juda ham ko’p. Fiskars kompaniyasi faqat chapaqaylar uchun maxsulot ishlab chiqaradigan tashkilotlardan biridir. Kompaniya chapaqaylarga qulay kanselyariya maxsulotlarini ishlab chiqaradi. Ruchka, o’lchovlar qarama-qarshi tomonga tushirilgan chizg’ich, teskari tig’li qaychi va boshqalar.

Qiziqarli ma’lumotlar:

*Qadimda ruslarda chapaqaylarga ishonchsizlik bilan qarashgan, xatto sudda ko’rsatma berishlari ta’qiqlangan

*1991 yilda AQShda o’tkazilgan tadqiqotga asosan chapqo’llar asosan avtoxalokatlar oqibatida hayotdan ko’z yumishar ekan

*1970 yilda Buyuk Britaniya yoshlar orasida chapqo’llarning umumiy sonini aniqlash uchun tadqiqot o’tkazadi. Aniqlanishicha 11-24 yoshdagi erkak va ayollarning taxminan 11%i chapqo’llar ekanini ma’lum qilgan

*Chap qo’lda yozuvchilar arab, urdu, fors yozuvlarini yozishga biroz qiynalishadi, chunki ular o’ngdan chapga qarab yoziladi

*Olimlarning aniqlashlaricha chapqo’llar o’ngqo’llarga qaraganda to’kinroq hayot kechirishar ekan

*Hayvonlar orasida ham o’ng va chap qo’llar bo’lar ekan. Bunday deb atalishining sasabi ular chap yoki o’ng old oyoqlarini qo’p ishga solishlaridir

Chapqo’llar asosan xonanda, aktyor, kompozitor, boksyor, yozuvchi, rassom kabi kasblarga qiziqishar ekan. Xaqiqiatdan ham ushbu kasb egalarining ko’pchiliklari chapqo’l ekanliklari aniqlangan

Chapqo’l boksyorlar raqibining jigariga zarba berish ehtimoli ko’proq bo’ladi

Mashhur chapqo’llar:

Malika Yelizaveta, Napoleon, Uinston Cherchill, Yuliy Sezar, Janna d’Ark, Lenardo da Vinchi, Aristotel, Nyuton, Mark Tven, Buonaroti Mikelanjelo, Volfgang Amadey Mosart, Nikolo Paganini, Robert Shuman, Lyudvig Van Betxoven, Pyotr I, Charli Chaplin, Merlin Monro, Djim Kerri, Pol Makkartni, Tom Kruz, Bill Geyts, Robert De Niro, Bred Pitt, Lady Gaga, Mila Yovovich, Kianu Rivz, Silvestr Stallone, Bryus Uillis, Dryu Berrimor, Anjelina Djoli, Nikol Kidman, Demi Mur, Sara Djessika Parker, Djuliya Roberts, Frans kafka, Djeyms Kemeron, Selin Dion, Rikki Martin, Diyego Maradonna, Bill Klinton, malika Viktoriya, shahzoda Uilyam, Barak Obama va boshqalar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий