Chaatas mozorqo’rg’onlari

Chaatas (xakascha — urush toshi) — Minusinsk soyligidagi (Xakasiyadagi Abakan va Yenisey daryolari havzasi, Uybat stansiyasidan 6 km janubiy-sharqda joylashgan qadimiy mozorqo’rg’on (miloddan avval 3 asr — milodiy 7—8-asrlar) mozorqo’rg’onlar va arxeologik madaniyat (6—9-asrlar) ning nomi. Eng qadimiy qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatga oid. 1936 va 1938 yillardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va boshqalar) chog’ida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (miloddan avval 1-asr—milodiy 5-asr) ularning gips va terrakotadan yasalgan dafn niqoblari, yog’ochdan ishlangan naqshinkor haykaltaroshlik namunalari va boshqalar topilgan.

Картинки по запросу фото Уйбатский чаатас

7—8-asrlarga oid yenisey qirg’izlari mozorqo’rg’onlaridan sirtiga oltin suvi yuritilgan, yog’ochdan ishlangan qo’ylarning haykalchalari, Urxun Yenisey bitigi tushirilgan kumush ko’zacha va boshqalar chiqqan. U.ch. topilmalari — qadimiy. Sibirda mulkiy tabaqalanish vujudga kelishi tarixini o’rganishda muhim manba. Toshdan bunyod etilgan qo’rg’onlar vertikal tosh plitalar va stela (ustunlar) bilan qoplangan.

Картинки по запросу фото Уйбатский чаатас

Bu stelalarning ba’zilarida Urxun-Yenisey bitiklari uchraydi. Qo’rg’onlarning tosh lahadlarida marhumlar kuydirib dafn etilgan, mayyit atrofiga ovqat va ichimlik qoldiklari bo’lgan idishlar qo’yilgan. Zodagonlarga tegishli katta qo’rg’onlar (diametri 30 m gacha) dan oltin va kumushdan yasalgan idishlar, qurol-aslaha, egar-jabduq va boshqalar topilgan, bu qo’rg’onlarning atrofi oddiy jamoa a’zolariga tegishli kichik mozorqo’rg’onlar bilan o’ralgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий