Bular haqida bilasizmi ?

  • Dunyoda yashayotgan odamlarning har beshinchisi xitoylik ekanini bilasizmi? Yer yuzidagi odamlarning vazni 381 017 590 800 kilogrammdir.Hozirda dunyoda yashayotgan barcha odamlar DNK si yig’ilsa, u 1,2 grammni tashkil etib, bir choy qoshiqqa joylanishi mumkin.

  • 88 holatning bittasida egizaklar paydo bo’lishini bilasizmi? 512 ming holatning bittasidagina birdaniga to’rtta farzand dunyoga kelishi mumkin.
  • Tuyaqush o’z tanasiga nisbatan judayam kichkina tuxum qo’yishini bilasizmi? Yer yuzida istiqomat qilayotgan eng katta hisoblanmish bu qushning tuxumi uning 1,5% vazniga teng. Vazniga nisbatan eng katta tuxum qo’yadigan qushni bilasizmi? Bu kulrang kividir. Uning tuxumi 26% vazn og’irligiga teng. Buni ayol kishining olti yashar bola vaznidagi farzand tug’ishiga qiyoslash mumkin.
  • Agar tanangizda joylashgan barcha atomlar o’rtasidagi masofa olib tashlansa, shunchalar kichik odamga aylanasizki, oqibatda sizni ignaning teshigidan o’tkazish mumkin.
  • Insoniyat tarixida 45 milliard odamning o’lib ketishiga aynan urg’ochi chivin sabab bo’lganini bilasizmi?

    Erkak chivinlar asosan o’simliklarni chaqadi. Chivinlar yuzlab yuqumli kasalliklarni, jumladan, bezgak, denge, ensefalit, filyariatoz, elefantiazlarni (fil kasalligi) tarqatuvchi hasharotdir. Hattoki bugungi kunda ham chivin tarqatayotgan yuqumli kasallik oqibatida dunyoda har 12 soniyada bitta odam hayotdan ko’z yummoqda.

  • Dunyoda yashayotgan har bir odam o’z shajarasi tarixidagi elliginchi avlodga borib boshqa har qanday notanish odamga qarindosh bo’lib chiqishi mumkin.

 

Вам может понравиться

Добавить комментарий