Yaponiyada mamlakat tarixidagi eng katta xazina topildi

Spread the love

Yaponiyaning Saytama prefekturasida katta pul xazinasi topildi. Topilma Kumagay shahrining madaniy qimmatliklar saqlanuvchi joyida namoyishga qo’yildi.

“Bu Yaponiyada sopol ko’zadagi tangalarning eng yirik topilmasidir. U, shuningdek, topilgan tangalar soni bo’yicha ham eng yirigi hisoblanadi”, deb aytilgan muzey xabarida.

Xazinani Xasuda shahridagi o’rta asrlar vaqtida (XV asrning ikkinchi yarmi –XVI asr) urush olib borgan podshohliklar davri qazilmalarida topildi. Uzunligi 70 sm bo’lgan va deyarli beshikast saqlanib qolgan ko’zada 260 ming mis tanga bo’lgan. Tangalar ko’milgan vaqtda har birining o’rtasidagi teshik orqali o’tgan arqon bilan bog’langan bo’lishi mumkin.

Arxeologlar topilma XV asrdan so’ng notinch vaqtda mulkni saqlash maqsadida ko’milgan bo’lishi mumkin, deb hisoblamoqdalar.

Вам может понравиться

Добавить комментарий