Turmushi yaxshi odamning semirishi aniqlandi

Spread the love

 Oilaviy turmushdagi barqaror munosabatlar salomatlik uchun jiddiy xavf tug’dirishi ma’lum bo’ldi. Ular ortiqcha vazn to’planishi va semirishning asosiy sababchisi ekanligi aniqlandi.

Ortiqcha kilogrammlarning turli kasalliklar bilan aloqasi esa allaqachon hyech kimga sir emas. Buyuk Britaniya tadqiqotchilari tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma shuni ko’rsatdiki, uzoq vaqt barqaror munosabatlarda bo’lgan odamlarning 62% semirgan.

Yana 75% o’zlarining turmush o’rtoqlari ortiqcha vazn to’plaganini qayd etgan. So’rov ishtirokchilarining yarmidan ko’pi (56%) esa, ovqatlanish rejimi buzilgani uchun semirganiga ishonchi komil. Asosan bu ayollar bo’lib, ular o’z odatlarini o’zgartirgan va turmush o’rtoqlari nimani iste’mol qilsa, shu bilan oziqlangan.

Respondentlarning uchdan bir qismi oiladagi munosabatlarning barqarorligi tufayli kam harakatli turmush tarzini yurita boshlaganini qayd etgan. Ma’lum bo’lishicha, ular vaqtlarini asosan uyda birgalikda televizorni biror mazali taom tanovul qilgan holda tomosha qilib o’tkazar ekan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий