Saudiya Arabistonida ayollar uchun mo’ljallangan ilk avtosalon ish boshladi…

Spread the love

Haqiqatan, bu avtosalon faqat ayollar uchun mo’ljallangan. Hatto maslahatchisi ham ayol kishi. Erkaklar bu avtosalonga umuman yaqinlashtirilmaydi.

— Savdo markazi to’liq ayollardan iborat, — deyiladi ma’lumotda. — Hisobchilardan tortib oddiy ishchilargacha ayollar. Shuning uchun avtosalonga erkaklar ovora bo’lib kelib o’tirishmasa ham bo’ladi…

Eslatib o’tamiz, 2017 yil sentyabrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud mamlakatda yashovchi ayollarga ham haydovchilik guvohnomasi berilishiga oid farmonga imzo chekkan. Bunga qadar ayollar rulga o’tirishi qat’iyan taqiqlangandi. Farmonga asosan qabul qilingan qonun 2018 yil 23 iyunidan kechikmagan holda kuchga kirishi alohida belgilab qo’yildi. 2018 yil mart oyidan ayollar uchun mo’ljallangan avtomaktablar ham o’z faoliyatini boshlaydi. Shu o’rinda bir narsani aytib o’tish joiz. Ayollarga qo’shimcha huquqlar berilishi masalasida shahzoda Muhammad bin Salmon tashabbus ko’rsatmoqda. Shahzodaning rejasidan shu narsa o’rin olganki, yaqin kelajakda Saudiya ayollari nafaqat haydovchilik guvohnomalari olish, balki uchuvchilik kurslarida o’qish huquqini ham qo’lga kiritishadi.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий