Rossiyaning eng badavlat ayollari o’ntaligi

Forbes jurnalining versiyasiga ko’ra, 2016 yil aynan quyidagi rossiyalik ayollar o’ntaligi uchun juda “serhosil” kelgan, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri.
Marhamat, ular bilan tanishing!

  1. Yelena Baturina, Inteco Management kompaniyasi prezidenti

Boyligi: $1100 mln.
Yoshi: 53 da
Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi bo’lgan Yelena Baturina Rossiya, Avstriya, Chexiya, Irlandiyada mehmonxona biznesi bilan shug’ullanadi, ko’chmas mulk investori.

  1. Yelena Ribolovleva, xususiy investor

Boyligi: $600 mln.
Yoshi: 49 da
Yelena bu ro’yxatga turmush o’rtog’i Dmitriy Ribolovlevdan ajrashganiligi tufayli kiritildi. U ajrimdan keyin salmoqli mablag’ga ega bo’ldi.

  1. Tatyana Bakalchuk, Wildberries internet do’koni bosh direktori

Boyligi: $500 mln.
Yoshi: 40 da
Sobiq ingliz tili o’qituvchisi bo’lgan Tatyana turmush o’rtog’i bilan Rossiyadagi eng katta kiyim-kechak internet do’konini boshqaradi. Bu juftlik 2004 yilda Otto va Quelle nemis katalogi asosida ish boshlagan bo’lsa, hozirda kompaniyaning 7500 nafar xodimi bor. Tatyana emizikli bolasi bilan ish boshlagan edi, ayni paytda uch farzandning onasidir.

  1. Olga Belyavseva, “Progress Kapital” direktorlar kengashi a’zosi

Boyligi: $400 mln.
Yoshi: 46 da
Olga o’z karyerasini 1990 yillarda konserva zavodida oddiy ishchilikdan boshlagan. Keyinchalik xususiylashtirilgan korxonaning bosh iqtisodchisi vazifasida ishladi va “Assol” firmasiga asos soldi. U turmush o’rtog’i Nikolay Borsov, o’g’li Yuriylar bilan birga aksiyadorlik kompaniyasi aksioneri hisoblanadi

  1. Natalya Lusenko, “Sodrujestvo”kompaniyalar guruhi hamkori

Boyligi: $325 mln.
Yoshi: 60 da
“Sodrujestvo” kompaniyalar guruhi asoschisi va hamkori bo’lgan Natalya turmush o’rtog’i Aleksandr bilan 1994 yilda yem-ozuqa biznesini yo’lga qo’ygan.

  1. Irina Abramovich, xususiy investor

Boyligi: $300 mln.
Yoshi: 49 da
Turmush o’rtog’i Roman Abramovich bilan ajrashgan Irina 150 million dollarni, Londondagi uch uyni, Angliyadagi pomestyeni qo’lga kiritdi. Ular 16 yil davomida birga yashashgan. Ilgari styuardessa bo’lib ishlagan Irina erining Roman Abramovich bo’lib tanilishiga juda katta hissa qo’shgan.

  1. Yevgeniya Guryeva, “Andrey Guryev” xayriya jamg’armasi boshqaruvi a’zosi

Boyligi: $260 mln.
Yoshi: 58 da
Rossiya va Yevropada ishlab chiqariladigan fosforli ozuqlar “FosAgro” paketi aksiyalari sohibasi.

  1. Mariya Sharapova, tennischi Boyligi: $260 mln.Yoshi: 29 da

    Besh marotaba tennis bo’yicha jahon chempioni Mariya Sharapova nafaqat sport bilan shug’ullanadi, balki Shugarpova brendi bilan turli shirinliklar ishlab chiqaradigan korxona asoschisi hamdir.

  2. Natalya Kasperskaya, InfoWatch kompaniyasi bosh direktori

Boyligi: $240 mln.
Yoshi: 50 da
Natalya axborot texnologiyalari sohasidagi karyerasini 1994 yilda oddiy sotuvchilikdan boshlagan. Oradan uch yil o’tib, u turmush o’rtog’i Yevgeniy Kasperskiyni Kaspersky Labs kompaniyasiga asos solishga undadi. Oradan ikki yil o’tgach, u turmush o’rtog’i bilan ajrashdi. Hozirda Kasperskaya InfoWatch kompaniyasini boshqaradi.

  1. Natalya Fileva, S7 sohibasi Boyligi: $190 mln.Yoshi: 53 da

    1997 yilda er-xotin Natalya va Vladislav Filevlar “Sibir” aviakompaniyasining aksiyalarini sotib olishgan edi. 2016 yilning mart oyida Vladislav Filev Kiprda Charlie Airlines Yevropa avialiniyasini tashkil qildi.

Manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий