Radar ixtirochisining afsusi… va tasodifiy kashfiyot.

Spread the love

“IXTIROChINING AFSUSI” Tezlikni oshirganligi uchun yo’l politsiyasi tomonidan birinchi marta to’xtatilgan shotlandiyalik fizik – radar ixtirochisi Robert Uotson “Agar radardan qanday maqsadda foydalanishlarini bilganimda edi, hech qachon uni yaratmagan bo’lardim” degan ekan.

 “QOIDANI YaRATGAN UNI BUZIShDAN QO’RQQANMI?!”
Ilk yo’l harakati qoidalarini ishlab chiqqan amerikalik Uilyam Felps Ino hech qachon o’zi rulga o’tirib, mashina haydamagan.

 BUTUN ShAHARDA 9 SVETOFOR 
Siz yashab turgan tuman yoki shaharda nechta svetofor borligini bilasizmi? Bittalab sanab chiqish juda qiyin bo’lsa kerak?! Qarang-ki, aholisi 18 milliondan oshiqroq bo’lgan Qohira (Misr poytaxti)da atigi 9 dona svetofor qayd etilgan.

 AYIQQA “PRAVA” BERILDI 
Rossiyalik tsirk ustasi Valentin Filatovning mashhur ayiqlar tsirki Shtutgartda gastrol safari bilan bo’lganda kutilmagan hodisa ro’y beradi. Repetitsiya paytida mototsikl mingan ayiq arena chegarasidan, so’ngra tsirk darvozasidan chiqib, katta ko’chadagi mashinalar oqimiga qo’shilib ketadi. Filatov mashinada unga etib olib to’xtatgunga qadar ayiq uchta chorrahani kesib o’tishga ulguradi. Chorrahalarning har birida harakatni nazorat qiluvchilar noan’anaviy \”haydovchi”ga yo’l berib turishdi. Shu kuni kechga borib Shtutgart politsiyasi ayiqqa ramziy haydovchilik guvohnomasini topshiradi.

 TASODIFIY KASHFIYOT
1903 yili frantsuz kimyogari Eduard Benediktus tasodifan ichi nitrotsellyuloza bilan to’ldirilgan kolbani tushirib yuboradi. Shisha darz ketdi, ammo siniqlari atrofga sachramaydi. Gap nimada ekanini tushungan Benediktus, ilk bor avtomobilning old oynalarining zamonaviy va sinmaydigan turini yaratadi. Hayotiy tajriba bu ixtironing avtohalokatlar oqibatida qurbonlar sonining kamayishiga yordam berayotganini ko’rsatmoqda.

12-04 YuAG
1961 yilning 12 aprelida fazoga qilgan parvozidan keyin dunyodagi birinchi kosmonavtga aylangan Yuriy Gagaringa 12-04 YuAG (parvoz sanasi va ism sharifiga mos) raqamli qora \”Volga\” taqdim etilgan. Keyinchalik bu harflar rasman Moskva viloyati indeksiga kiritilib, qolgan barcha kosmonavtlarning mashinalariga ham o’zlarining parvoz vaqtlariga mos hamda YuAG harflari qayd etilgan avtomobil raqamlari topshirilgan.

 HAYDOVChILIK GUVOHNOMASI UChUN 960 URINISH
Janubiy Koreyada yashovchi 70 yoshli Chxa Sa Sun nihoyat haydovchilik guvohnomasini oldi. U ilk imtihonlarni 2005 yilda topshirgan, ammo sinovdan o’ta olmagan. Shundan beri nazariy imtihonlarni deyarli har kuni, amaliy imtixonlarni esa 10 martagacha topshirgan. Ortga chekinmaydigan bu ayolning qat’iyati uni milliy qahramonga aylantirdi. Hyundai kompaniyasi esa voqeaning ijobiy yakunidan so’ng bu ayolga mashina sovg’a qildi.

 “AYOLLAR MASHINANI TUZATTIRMAYDIMI?!” 
Ma’lumotlarga ko’ra, avtomobil ehtiyot qismlarini yangidan sotib oluvchilarning 65-80 foizini ayol haydovchilar tashkil etarkan. Ayollar ularni tuzatishdan ko’ra yangisini xarid qilish oson deb bilishadi yoki ustalarga ishonishmaydi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий