Livanlik ayol 6 egizak farzandni dunyoga keltirdi

Spread the love

Bayrutdagi Avliyo Iosif shifoxonasida livanlik juftlikda 6 egizak farzand dunyoga keldi. Livanning “An-Nahor” nashrining ma’lum qilishicha, bunday hodisa Livanda ilk bor yuz berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko’ra, 4 farzandning ota-onasi 5-farzand ko’rish qarorini uzoq vaqt qabul qilishgan. Ayol homilador bo’lgandan keyin esa juftlik uchun ular 6 nafar farzand kutayotganlari kutilmagan yangilik bo’lgan.

Ayol 3 o’g’il va 3 qiz farzandni dunyoga keltirdi. Ta’kidlanishicha, barcha chaqaloqlar onalari kabi sog’lom.

Вам может понравиться

Добавить комментарий