eBay auksioniga qo’yilgan g’alati predmedlar

Spread the love

* Australiyalik bir kishi Yangi Zelandiyani davlatini auksionda sotmoqchi bo’ladi hamda unga $0,01 boshlang’ich narh belgilaydi. eBay  bu auksionni noqonuniy deb topib, uni bekritguncha narh 3000$ ga yetgan edi.

*2008 yilda esa Islandiya davlatini eBay auksionida sotuvga qo’yiladi. Uning boshlang’ich bahosi 0,99 $ ga deb belgilanib, narx qisqa muddatda 17,28 million aqsh dollarigacha ko’tarilgan edi.

* Kaliforniyadagi Brijvill shahri uch marta auksionga qo’yilgandi. 2002-yilda $1,77 millionga sotildi, biroq «sotib olingan mulk»ni ko’rib chiqqanlaridan so’ng xaridor o’z fikridan qaytdi. 2006-yilda uni yana bir bor auksionda $1,75 millionga narxlab, xaridorlarga taqdim etdilar. 2007-yilda shaharning navbatdagi egasi uni $1,3 millionga bir necha oy sotishga harakat qildi.

* eBay  auksionida sotilgan eng yirik predmetlardan biri Yangi Angliya shahri hokimiyati, bunday yodgorlikning hyech kimga keragi yo’q deb qaror qilganlaridan so’ng savdoga qo’yilgan ikkinchi jahon urushi davridan qolgan suvosti kemasi-submarina bo’ldi.

* Auksionda qo’yilgan eng yirik predmetlardan biri bu samolyotlar uchishi yoki qo’nishi uchun moslashgan bahaybat harbiy kema edi. Braziliyalik lot egasi eBay  Motors da o’zini ma’lum qilmagandi.

* 50 000 yoshlik mamont. Bahaybat mahluq 2004-yilda, uni saqlash uchun joy yetarli bo’lmaganligi sababli nemis sotuvchisi tomonidan qo’yilgandi va ?61 000 narxga sotilgandi. Ekspertlar ta’kidlashicha, bu bizgacha yetib kelgan jahondagi mamont skeletlaridan biri bo’lib, 90% jonivor suyaklaridan tuzilgandi.

* Avstaliyalik Ian Usher ismli shaxs 2008 yilning iyun oyida butun hayotini eBay  auksioniga qo’yadi hamda uni 384 000 aqsh dollariga sotishga muvaffaq bo’ladi. Ushbu taklif Ianning Perth shahridagi uyi, barcha buyumlari, do’stlari bilan tanishtiruv va ish o’rnida o’zini sinab ko’rishni o’z ichiga olardi.

* Suv, Elvis Presli 1977-yilda Shimoliy Karolinadagi konsertga o’zi bilan olgan idishda qolgan bo’lib, uni $455 narxga sotishga erishganlar.

* 2007 yilning fevral oyida, mashhur pop yulduzi Britni Spirs Los Anjelesdagi sartaroshxonalardan birida sochini butunlay oldirib tashlaydi. Auksionga qo’yilgan sochlarning narhi tez fursatda 1 million aqsh dollariga yetadi. Kompaniya mutasaddilari tashabbusi bilan savdolar muddatidan oldin yopilib, Britni sochlari sotuvdan olib tashlanadi.

* 23 yohsli Maykl Favset o’simta haqidagi ilmiy ishi uchun pul yig’ishni antiqa yo’ilini o’ylab topadi. 2010 yilning sentabr oyida Maykl eBay  auksionida arvohni sotuvga qo’yadi.
Ushbu taklif mahalliy gazeta e’tiboriga tushib, mashhurlikka erishadi va ko’pchilikning e’tiborin tortadi. Auksionning 6-kuni eBay ma’umiryati mavjud bo’lmagan va qo’l bilan ushlab bo’lmaydigan narsalarni sotish kompaniya qonun-qoidlariga zid ekanlgini tufayli arvoh sotuvini to’xtatadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий