Dunyo tillari haqida yana bir ma`lumot

Spread the love

Eng kambag‘al til – Gvineya (poytaxti –Bisau shahri, Afrika.)da mahalliy Taki tilida bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor, xolos. Bir kishilik til – Ayni kunda ingliz, rus, nemis, arab va ispan tillarida so‘zlashayotgan insonlarning hisob-kitobini qilish amri mahol ish. Ammo ba’zi bir tillar borki, ularni o‘sha tilda suhbatlashayotganlar o‘zlari bilan olib ketishi mumkin. Xullas, siz hozir eng kam insonlar muloqatda bo‘ladigan tillar haqidagi bilimga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.

Yangi Gvineyada atigi 4 million aholi istiqomat qilsa-da, ular 800 tilda suhbatlashishadi. Shuningdek, ana shu tillarning birortasidayam 100 ming kishi bir-birlari bilan muloqatda bo‘lolmaydilar.

Dunyodagi eng kam odam gaplashadigan til bu – bikya tilidir. Bu til faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirshoga tegishli.

Susami tilida esa Miroviya provintsiyasida istiqomat qiladigan ikki oila a’zolari bir-biri bilan hol-ahvol so‘rashadi, xolos.

Latviyada esa yana shunday til borki, uni 200 kishi tushunadi. Bu – livon tilidir.

Oun g‘arbiy septik tilida hozircha 384 kishi muloqotda bo‘lsa, alfendio sharqiy septik zaboni esa 633 insonga tegishli ekan.

Lilau va seymit tillarida zamonamiz kishilaridan 450 kishi suhbatlashar ekan.

Kandas tilida Yangi Irlandiyada qo‘nim topgan 480 kishi o‘zaro «g‘idi-bidi» qilishadi.

Eng kam uchraydigan hind tillaridan biri maratidir. Bu til Maxarashta shtatiga tegishli. Orissa shtatida esa oriya tili rusum bo‘lgan. Telugu tilida Andxra Pradesh shtatidagilar va tamil tilida Tamil Nadudagi aholi o‘zaro muloqot qiladi.

Garchi Tailanda asosiy til tay lahjasi bo‘lsa-da, aholining ko‘p qismi shevada suhbatlashadi. Tilshunoslar ularning ichida lao, kammuang va paktay tillarini mustaqil, deb hisoblaydilar.

Marhum tillar – Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar.

Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar.

O’lik tillarning eng buyuglaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi.

O’lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. Chunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amri maxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI-asrning oxirlari XVII-asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.

Eng ko‘p tarqalgan til – Siz darhol: – Bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri yer kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda 1 yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga avvalo mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. Shunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor-yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa frantsuz tili hukmronlik mavqeini saqlab turmoqda. Ma’lumki, AQShda har bir shtat aholisi o‘z mahalliy qonunlariga amal qilib yashaydi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий