Damdam chashma

Spread the love

Damdam  chashma— yuqori paleolit va ilk jez davriga oid manzilgoh. Katta Bolxon tog’ining janubiy yon bag’ri (Turkmaniston) dagi dara g’orlaridan topilgan. Ikki g’ori o’rganilgan.

Ularning har biri bir necha madaniy qatlamdan iborat. 1-g’or (D—I) dan prizma shaklidagi nukleus, chaqmoqlangan tosh bo’laklari, tosh pichoq, bigiz, azil tipidagi qisqich, yo’nuvchi tosh qurol (quyi qismidan) va chaqmoqtosh qurollar, hayvon suyaklari, sopol siniqlari (yuqori qismidan)  topilgan. 2-g’or (D-P) 23  madaniy  qatlamni  o’z  ichiga  oladi.  Eng  pastki qatlamlaridan  faqat  tosh  qurollar (qisqich,  o’roqsimon  randa,  nukleus,  parma,  pichoq  va pardozlangan  qisqichlar)  topilgan.

Картинки по запросу фото чешме дамдам

Yuqori  qatlamlarida  mehnat  qurollari  chiqqan, pardozlangan chaqmoqtosh qurollari va suyak ignalar 4 qavatdan ko’p topilgan. 1— 3 qavatlarda tosh qurollar bilan birga sirti silliqlanib, uch burchakli, o’yma va to’g’ri chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar ham uchraydi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий