Arximedning “o`lim keltiruvchi nur”i

Spread the love

O`tmish afsonalarining birida mashhur astronom, matematik va texnik olim Arximedning tilga olingan “ajal keltiruvchi nur”i hozirgacha tadqiqotchilarga tinchlik bermayapti. Ma`lum bo`lishicha, mazkur nur yordamida olim ona shahriga xavf tug`dirgan butun bir dengiz flotini yo`q qilib tashlashga erishgan.

Rivoyatga ko`ra, miloddan avvalgi 212 yili Sirakuza shahri qurshovga olinib, quruqlikda rimlik legionerlar, dengizdan esa galeralar (ko`p eshkakli kemalar) tomonidan qamal qilinadi. Ayni paytda Sirakuzadagi palaxmonlar (xarsanglar otishga mo`ljallangan qadimiy qurol turi) ham o`sha davr texnikasi mo“jizalaridan biri hisoblansa-da, kemalarga qarshi kurashda bas kelishi amrimahol edi. Shunda Arximed quyosh nurlari va shahar qal`asi devoriga o`rnatilgan qandaydir buyum yordamida dushmanning flotini yoqib yuborib, yakson qilishga muvaffaq bo`ladi. Bu voqeadan keyin Rim konsuli Martsell geometriya ilmi olimi, ya`ni Arximedga qarshi mazkur urushni to`xtatish haqida farmon beradi. Bu haqda ko`plab tarix kitoblarida ham o`qish mumkin.

Image result for фото архимед свет смерта

Arximedning “o`lim keltiruvchi nur”i 

Arximed, tarixiy afsonada bayon qilinishicha, qal`a devorlarida Sirakuzaning barcha ayollarini yig`adi, qizig`i, ularning barchasi yaltirab tarashlangan bronza qalqonlar bilan kelishadi. Olimning buyrug`iga binoan ular galma-gal qalqonlarga tushayotgan quyosh nurlarini dushman kemalariga yo`naltiradilar, natijada biroz muddatdan so`ng flot yona boshlaydi.

Qadimgi Yunoniston matematigining afsonaviy sa`y-harakatlarini bir necha yil avval Massachusets texnologik universiteti tadqiqotchilari San-Frantsisko ko`rfazi atrofida takrorlashga urinib ko`rishgan. Universitet veb-saytida yozilishicha, ko`rfaz chetlariga bronza va shishadan yasalgan, umumiy maydoni 300 kvadrat metrga teng nur qaytargichlar o`rnatiladi. Ulardan 45 metr masofa uzoqlikda joylashgan eski baliqchilar qayig`i esa hech ham yonmasdi. Shunda massachusetslik professorlarning Arizona universitetidagi hamkasbi Bill Dyukenen oynalarning o`zgacha konstruktsiyasidan foydalanishni taklif etadi. Mutaxassislar oynalarni aylana bo`ylab joylashtirib, parabola shaklidagi ulkan nur qaytargichni hosil qilishadi. Markazga esa “x” shaklidagi oynak o`rnatiladi va undan tushadigan nur asosiy nishonga aylanadi. Oxir-oqibat qaytargichlardan taxminan 23 metr uzoqlikdagi masofada bo`lgan qayiqda olov paydo bo`ladi. Demak, “Arximedning o`lim keltiruvchi nuri” haqiqatda ham mavjud ekan!

manba: hikoyalar.net

Вам может понравиться

Добавить комментарий