“Brilliant qo’l” filmi haqida 10 ta fakt

  1. Film 1969-yilning 28-aprelida ekranlarga chiqdi.

2. Film aslida “Kontrabandistlar” deb atalishi mo’ljallangandi.

3. 1968-yilning 3-yanvarida Kinemotografiya bosh boshqarmasida film ustida ish boshlash haqidagi buyruq imzolanib, fevral oyidan aktyorlar sinovi boshlangan.

4. Film rejissyori Leonid Gayday.

5. Ssenariy mualliflari Kostyukovskiy va Slobodskiylar “Brilliant qo’l” asosiy qahramoni obrazini aynan Yuriy Nikulinga moslashtirib yozishgan.

Картинки по запросу фото бриллиантовая рука

6. Mironov ijro etgan rol aslida Georgiy Visinga nasib etishi mumkin edi. Biroq badiy kengash “Avvalgi qahramonlariga o’xshab ketyapti” degan ta’riflardan so’ng, bu rol Visinga nasib etmadi.

7. Film suratga olish davrida “Nikulin olamdan o’tdi” degan mish-mishlar tarqalib ketgandi. Aslida “Gorizont” mehmonhonasi ishchilaridan biri yerto’lada Gorbunkov vertalyotdan tushib ketadigan epizod uchun tayyorlangan qo’g’irchoq Nikulinni ko’rib, haqiqiy deb o’ylagan va Yuriy vafot etibdi deb gap tarqatgandi.

Картинки по запросу фото бриллиантовая рука8. Filmda bosh qahramonning xotini “sen juda ishonuvchansan” deb ko’p bora takrorlayveradi. Bu so’zlar ssenariyda yo’q edi. Uni hayotda xotinidan deyarli har kuni eshitishga odatlangan Gayday filmga ham ko’chirishga ahd qilgandi.

9. Filmda Barzangi rolini “Smena” jurnalining muhbiri Pleshakov ijro etgan. Muhbir bu epizodda suratga tushishga o’sha paytlarda juda mashhur bo’lgan Yuriy Nikulindan oladigan intervyusi evaziga rozi bo’lgan.

10. Gayday o’zining sevimli shoiriga bo’lgan cheksiz muhabbati tufayli teploxodning nomini “Mixail Svetlov” nomi bilan atashga qaror qilgandi.

manba: Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий