Bozordagi avtoulovlarning «yarqirashi»ning siri nimada?

Mashinalarning oldi-sotdisi qaynaydigan nuqta – bu Sergeli bozori ekanligi hech birimizga sir emas. U yerdagi bir-biridan yangi, ko’zni quvnotuvchi avtoulovlarni ko’rib, ularning hatto haydalgan ekanligiga ham ishongingiz kelmaydi. Hech o’ylab ko’rganmisiz, nima sababdan avtoulovlarning saloni va kuzovi ideal darajada toza bo’lib, yaraqlab turadi? Qanday qilib, sakkiz yil va undan ortiq muddat davomida foydalanilgan avtoulovlar huddi zavoddan endigina ishlab chiqarilgan “temir toychoq”dek ko’rinadi?

Buning sababi nimada?

Chunki avtoulovlarning ko’pchiligi bozorda sotuvga qo’yilishdan avval maxsus tayyorgarlikdan o’tadi. Haydalgan avtoulovlar jozibali, xaridorgir qilish uchun avtodilerlar bor mahoratini ishga solib, uning tashqi ko’rinishiga yanada jilo berishga harakat qilishadi. Bu esa oson emas, albatta! Boz ustiga bunday harakat ko’p vaqt, yugur-yugur hamda yaxshigina xarajat ham talab qiladi.

Quyida avtoulovlarni sotishga tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlar sarhisobi keltirilgan. Siz mazkur jadval orqali avtodilerlik xizmati mashina egasiga qanchaga tushishi haqida to’liqroq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Bozorga tayyorlash uchun ketadigan vaqt va sarf-xarajatlar
Narx Vaqt
Faoliyat turi Nexia Lacetti-Cobalt Malibu
Avtoulov saloninn yuvish bilan cheklanish 80.000-100.000 100.000-120.000 100.000-120.000 1 kun
Avtoulov salonnnn to’liq yuvish 300.000 300.000 400.000 2-3 kun
Polirovka 100.000-150.000 100.000-150.000 200.000-250.000 1kun
Ikkita bamferni buyash 300.000 300.000-350.000 400.000-450.000 2-3 kun
Balonlarni almashtirish (peregon zavod balonlari) 800.000 800.000-900.000 1.000.000-1.200.000 2-3 soat
Disklarni buyash (qora zavod disklar) 100.000-120.000 100.000-120.000 100.000-120.000 5-6 soat
Yangi kalpak taqish 50.000-100,000 50,000-100,000 100.000-120.000 1-2 soat
Oynani almashtirish (oldini o’zi) 200.000 250.000 400.000 2-3 soat
Shikastlangan va ezilgan joylarini o’rniga keltirish (xajmi taxminan yong’oqdek bo’lgan qismini) 20.000-25.000 20.000-25.000 20.000-25.000 1-2 kun

Avtoulov savdosi oson ish emas. Sergeli bozorida raqobat katta bo’lib, ayrim avtoulovlar ko’p hollarda ko’pincha o’z egasini topolmay, bir chekkada qolib ketadi. Sotuvchilar esa har safar avtoulovni bozorga olib chiqish uchun bozor pattasi va boshqa xarajatlarni amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Shu va boshqa noqulayliklarning oldini olish hamda yaxshi xaridorni topish maqsadida avtodilerlar xizmatiga ehtiyoj seziladi.

Kichik noqulaylik

Albatta, bozordagi savdoning o’ziga yarasha afzal jihatlari mavjud. Biroq uning bir qator kamchiliklari ham borki, u avtoulov xaridorlari va sotuvchilari uchun jiddiy noqulayliklar tug’diradi. Birinchidan, qahraton qish va sovuq kunlarda odamlar avtoulov bozoriga borishga erinadilar. Ikkinchidan, havo haroratining keskin pasayishi ba’zan kishilar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uchinchidan, Sergeli  avtoulov bozori, asosan, yakshanba kuni ishlashga mo’ljallangan bo’lib, begim kunlari savdoni amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий