Bo’yinbog’lar haqida nimalarni bilamiz?

Bugungi ko‘rinishdagi bo‘yinbog‘lar 19 asr o‘rtlarida paydo bo‘lgan.  1827  yili Onore de Balьzak garderobdagi mazkur aksessuar va uni taqish zarurati haqida “Bo‘yinbog‘ taqish san’ati” nomli kitobida yozadi.

Bo‘yinbog‘ning tashqi elementlari doim o‘zgarib turgan. Qachonlardir ingichka, goh keng, uzun yoki qisqa bo‘yinbog‘lar urfda bo‘lgan.

Bo‘yinbog‘ tanlash

Ishga kiyiladigan kostyumga ortiqcha pafos va o‘zgacha ko‘rinishdagi bo‘yinbog‘lar shart emas. U an’anaviy rang va bezakda bo‘lishiga e’tibor qilishi lozim. Biroq sifatga alohida urg‘u berish maqsadga muvofiq albatta.

Mavsumiy bo‘yinbog‘lar

Qishki va yozgi bo‘yinbog‘lar materialning qalinligi va rangi bilan ajralib turadi. Ya’ni qalin matoli bo‘yinbog‘ yengil yozgi kostyumga mos bo‘lmaganidek, yengil ipak matoli bo‘yinbog‘ qalin va issiq kostyumga yarashmaydi. Qish-kuz mavsumida taqiladigan bo‘yinbog‘lar rangi nisbatan sokin va bosiq ko‘rinishda bo‘lsa, yozgi bo‘yinbog‘lar esa yorqin va jo‘shqin ranglarda bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Bo‘yinbog‘larning mumtoz ko‘rinishlari

Fulyar. Fulyar – bu mayda geometrik rasmlarning bir rangdan iborat fonda takrorlanishi. Bunday bo‘yinbog‘lar xizmat faoliyatiga oid maxsus tadbirlarga taqiladi.

Diagonalь yo‘lli bo‘yinbog‘. Klassik uslubdagi bu variantni xohlagan tadbirga taqib borish mumkin.

Peysli («turk bodringi»). Yirik rasmli galstuk klublar uchun xos.

Katakli. Katakli bo‘yinbog‘ni ishdan tashqari holatlarda taqish mumkin.

Bo‘yinbog‘ning surati va rangi ma’lum bir holatlarga moslashgan. Jiddiy va rasmiy marosimlar uchun bir rangli va mayda xoshiyali bo‘yinbog‘lardan foydalanish tavsiya etiladi.

Bo‘yinbog‘ ranglari tavsifi

Bo‘yinbog‘ning qizil rangi: Bu rang quvvat va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ramzi. Shu bois qizil rangli bo‘yinbog‘ g‘ayratli va omilkor degan tasavvur beradi.

To‘q qizil rangli bo‘yinbog‘: Hashamat va hokimiyat belgisi. Salobatli shaxs obrazini gavdalanitirish niyatingiz bo‘lsa, to‘q qizil rangli bo‘yinbog‘dan taqing.

Pushti rang bo‘yinbog‘: Bu muloyiml va samimiy degan tasavvur uyg‘otadi. Yorqin pushti ranglar rasmiyatchilikdan yiroqlikni anglatadi.

Olovrang bo‘yinbog‘: Quvvat, hayotsevarlik va nekbinlik(optimizm) ramzi.

Bunday rangdagi bo‘yinbog‘ rasmiy bo‘lmagan davralarga va asosan mallasoch erkaklarga mos.

Jigarrang bo‘yinbog‘: Mayin rang ishonch va barqarorlik mazmunini anglatadi. Biroq ba’zan bu rang shubhaga moyil degan tasavvur uyg‘otishi mumkin.

o‘q yashil rangli bo‘yinbog‘: Qat’iyatli, tirishqoq odam degan tasavvur uyg‘otadi. Bu rang, shuningdek, tinchlantirish xususiyatiga ham ega. Shu bois, keskin baxslar bo‘lishi kutilgan vaziyatlar uchun ta’qib borish foydali hisoblanadi.

Sariq rangli bo‘yinbog‘: Kuchli bilim va qat’iyat ramzi. Shaxsiy hayrixoh va ochiqko‘ngil degan tasavvur uyg‘otish uchun sariq rangdagi bo‘yinbog‘ taqishingiz mumkin.

Binafsharang bo‘yinbog‘: Sirli tuyg‘ular ramzini ifoda etadi. To‘q binafsharang mustaqillik va mag‘rurlikni anglatadi. Yorqin binafsharang esa melanxoliya(g‘amginlik)ni bildiradi.

Ko‘k rangli bo‘yinbog‘: Bu rang xotirjam va bosiq degan tasavvur uyg‘otadi. Shuningdek, u o‘ziga ishonch, barqarorlik va tashkilotchilik ramzi.

To‘q ko‘k bo‘yinboz – sabot va obro‘-e’tibor timsoli.

Yorqin ko‘k rangli bo‘yinbog‘ esa xayolparast va orzumand inson, degan fikrni shakllantiradi.

Kulrang bo‘yinbog‘: Yorqin kulrang zerikish, dilgirlik va melanxoliyani anglatadi. Nam asfalьt rangi esa ulug‘vorlik bag‘ishlaydi. Biroq ba’zan bu rang kamtarlik va beqarorlik tasavvurini ham hosil qilishi mumkin.

Albatta, bo‘yinbog‘ni o‘z yoqtirgan ranglaringiz, tabiiy holatingiz va kiyimlaringizga qarab tanlang.

Bo‘yinbog‘ taqish qoidalari

Bo‘yinbog‘ning eni pijak yoqasinin kengligiga qarab moslanadi. Klassik uslubdagi bo‘yinbog‘larning eng keng qismi taxminan 10-11 sm bo‘lishi kerak.

Ingichka bo‘yinbog‘ni tor fasonli kuylak, shuningdek, ingichka yoqali pijak bilan taqsa bo‘ladi.

Klassik uslubda bo‘yinbog‘ shimning tasmasigacha tushishi yoki 1 sm tushib turishi mumkin.

Bo‘yinbog‘ uzunligi bo‘yga qarab to‘g‘rilanadi. Masalan, odam past bo‘yli va proporsiya bo‘yicha oyoqlari gavdaga nisbatan kalta bo‘lsa, bo‘yinbog‘ni qisqarog‘idan (tasmaga tushishi shart emas) taqishi lozim. Bordib oyoqlar uzun bo‘lsa, tasmadan bir oz tushib turgani ma’qul.

Bo‘yinbog‘ning ingichka qismi erkin osilib turishi maqsadga muvofiq emas. Uning bo‘yinbog‘ uchun maxsus qisqich bilan mahkamlab qo‘yish kerak.

Bo‘yinbog‘ga qisqich qanday taqiladi?

Bo‘yinbog‘ga qisqich taqish urfi tez-tez o‘garib turadi. Mazkur qurilmani ko‘ylakning ko‘ylakning uchinchi va to‘rtinchi tugmasi o‘rniga qadash kerak.

Qisqich ko‘ylak va bo‘yinbog‘ni mahkamlab birlashtirib turishi shart.

Uzun bo‘yinbog‘ga kalta qisqich taqmang!

Bo‘yinbog‘ ko‘ylakka qanday moslanadi?

Yorqin bir xil rangdagi bo‘yinbog‘ yorqin ko‘rinishdagi ko‘ylaklarga mos. Tiniq rangli yumshoq-yengil ipak matodan tikilgan bo‘yinbog‘ yozgi rangin kostyum bilan taqiladi.

Bir xil rangli bo‘yinbog‘ yo‘l-yo‘l yoki katak ko‘ylak bilan qiziqroq ko‘rinadi. Bunda ko‘ylak kataklari yoki yo‘llari rangi bo‘yinbog‘nikiga monand bo‘lishi talab etiladi.

Katak bo‘yinbog‘ni katak ko‘ylak bilan taqish mumkin. Ammo bunda birining rangi, albatta, ikkinchisidan ustun bo‘lishi kerak.

Rangdor va antiqa bo‘yinbog‘ bir xil rangli ko‘ylakka mos keladi.

Aytgancha, 18 oktyabrь kuni Xorvatiyada “Bo‘yinbog‘ kuni” bayram sifatida nishonlanadi.

Вам может понравиться

Источник: Школа Ставок

Добавить комментарий