Boshqa sayyoralarda hayot bormi..?

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo`g`ligi to`g`risida aniq ma`lumotga ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o`tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.
Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo`lishi uchun ma`lum shart-sharoitlar talab etiladi. Buning uchun, avvalo, zarur temperatura kerak. Barcha tirik organizmlar faqat ma`lum, qulay temperatura mavjud bo`lgandagina yashay oladi.
Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot paydo bo`lmaydi.
Tiriklikning yana bir zarur sharti suvdir. Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak. O`simliklarga yorug`lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham zarur.
Hayvon-larga ozuga manbai talab etiladi. Ular o`zlari ozuga topolmaydigan joylarda yashay olmaydi. Yerdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi? Boshqa say-yoralar to`g`risidagi bilimlarimizga tayanib, yo`q, deb javob berishimiz mumkin. Endi misollarga murojat qilaylik.
Cho`lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o`l-chamlari ham yernikiga o`xshash. Uzoq vaqtlar bu ikki sayera egizaklar deb atalgan. Shunga qaramasdan, Cho`lpon qalin oltingugurt kislotasi bulutlari bilan to`plangan. Uning atmosferasi bo`guvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan.
Atmosfera bosimi juda yuqori. Temperatura sayyora yuzasida Sel`siy shkalasi bo`yicha 460 darajagacha yetadi. Bu hayot paydo bo`lishi uchun juda issiqlik qiladi. Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat. Shunga
qaramasdan, uning yuzasidagi temperatura Sel`siy shkalasi bo`yicha 29 darajadan yuqori ko`tarilmaydi. Ammo – 85 darajagacha tushib ketishi mumkin. Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz qolida. Demak, zikr etilgan sayyoralarning birortasida ham hayot uchun maqbul shart-sharoit yo`q . Yerga yaqin sayyoralarda hech bir shaklda hayot yo`qligi shu tarzda isbot qilingan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий