Bollivud yulduzi Salmon Xon 5 yilga qamaldi

Bollivud yulduzi Salmon Xon Hindistondagi muhofaza ostidagi noyob antilopalarni ovlaganligi uchun besh yilga hibsga olindi…

Prokurorlarning ta`kidlashicha, ayni damda 52 yoshni qarshilagan Xon va yana 4 nafar aktyor ularni sezishganini payqashlari bilan jonivorlarni tashlab, voqea joyidan mashinada qochib qolishgan.

Boshqa aktyorlar, jumladan Saif Ali Xon va Sonali Bendre dalillar yo`qligi sabab Jodhpur sudi tomonidan oqlangan.

Hindiston Yovvoyi tabiat muhofazasi to`g`risidagi qonun deyarli barcha yovvoyi hayvonlarni maxsus ruxsatnomasiz ovlashni taqiqlaydi.

Sud Salmon Xonga besh yillik jazo muddatidan tashqari, 10 ming rupiylik jarima ham soldi. Uning advokatlari sud qarorini appelyasiyaga berishlari va aktyorni imkon qadar tezroq garov evaziga ozod qilishga harakat qilishlarini ma`lum qilishgan. Xon mahalliy shifoxonada tibbiy tekshiruvdan o`tkazilgach, Jodhpur markaziy qamoqxonasiga yo`llanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий