Boburiylar me’morchiligining durdonasi

Hindistonning Agra shahrida Jamna (Yamuna) daryosi qirg’og’ida joylashgan Toj Mahal maqbarasining yaratilish tarixi har bir kishini qiziqtirishi tabiiy. Ushbu ulug’vor va ko’rkam inshoot 2007 yilda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, 100 milliondan ortiq ovoz olib, haqli ravishda yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb tan olindi.

Toj Mahal maqbarasi shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning chevarasi Shoh Jahon tomonidan 1630-1652 yillarda rafiqasi Mumtoz Mahalbegim xotirasiga bunyod etilib, Shoh Jahonnning o’zi ham shu maqbaraga dafn etilgan.

Toj Mahal mubarra tarxli, uch qavat va besh gumbazli inshoot bo’lib, umumiy balandligi – 74 metr. Burchaklarida har birining balandligi 45 metr bo’lgan to’rtta minora qad ko’targan. Minoralarning har biri qulab tushgan taqdirda maqbaraga ziyon yetkazmasligi uchun asosiy binodan chetga tomon birmuncha qiya qilib qurilgan, Binoning atrofida favvora va hovuzlari mavjud bo’lgan ulkan bog’ majmui barpo etilgan.

Binoning devorlariga silliqlangan yarim shaffof marmar yotqizilgan hamda uning qurilishida feruza, aqiq, malaxit va serdolik kabi jilolanuvchi toshlar ishlatilgan. Bino qurilishida ishlatilgan marmar shunday xususiyatga egaki, kunduzi oq, erta tongda pushti va tun yog’dusida kumush rangda tovlanadi.

Картинки по запросу фото жанна и тадж махал

Jamna daryosi va Toj Mahal.

Maqbaraning chap va o’ng tomonida qizil qumtoshdan barpo etilgan bir xil shakldagi machit joylashgan. Qizil rangli ikki machitning o’rtasida oq marmarli Toj Mahal yanada ulug’vor ko’rinadi. Toj Mahalning qurilishida O’rta Osiyo, Eron va Yaqin Sharqdan taklif etilgan 20 mingdan ortiq ustalar ishtirok etishgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Jamna daryosining qarama-qarshi qirg’og’ida Toj-Mahalning aniq nusxasi bo’lgan binoni qora marmardan barpo etish, har ikkala inshootni kulrang marmar ko’prik bilan tutashtirish rejalashtirilgan. Ushbu rejani amalga oshirish boshlangan-u, ammo qurilish ishlari keyinchalik to’xtab qolgan.

Maqbara atrofida barpo etilgan bog’da turli chirmovuqlar chirmashib ketgan ulkan daraxtlarning shoxida turli qushlarning tinmay sayrashi, ko’p sonli maymunlarning daraxtdan-daraxtga sakrab, atrofingizda gir aylanib, sizni kuzatib borishi juda g’aroyib. Картинки по запросу фото жанна и тадж махал

Maqbaraga kirish darvozasi.

So’nggi yillarda Toj Mahalning devorlarida yoriqlar paydo bo’lishi kuzatilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, yoriqlarning paydo bo’lishi Toj Mahal yaqinidan oqib o’tadigan Jamna daryosining tobora sayozlashib borayotgani bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Shu bois, mazkur jarayon atrofdagi tuproqlar tarkibining o’zgarishiga, maqbara binosining asta-sekin cho’kishiga va butunlay vayronaga aylanishiga sabab bo’lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, atrof muhit havosining ifloslanishi oqibatida Toj Mahal o’zining afsonaviy oppoq rangini yo’qotib bormoqda. Maqbara atrofidagi bog’ maydonining tobora kengayib borayotganiga qaramasdan, Agra shahrida joylashgan bir qator sanoat korxonalaridan havoga chiqarilayotgan chiqindilar tufayli Toj Mahalnyng devorlari yildan-yilga sarg’aymoqda. Shu bois, bino devorlarini doimiy ravishda oq loy bilan tozalash ishlari amalga oshirilyapti.

Maqbaraning supasi va ichkarisiga yotqizilgan oq marmarni zararlanishdan saqlash maqsadida, bu yerga keladigan sayyoh va ziyoratchilar oyoq kiyim-larini maqbara oldidagi maxsus joyda yechib, bino hududiga oyoqyalang yoki o’z poyafzallari ustidan maxsus matodan tayyorlangan qoplamani kiygan holda kirishlari mumkin.

Toj Mahal boburiylar me’morchiligining durdonasi bo’lib, unda O’rta Osiyo, Eron va boshqa qator musulmon mamlakatlari qurilish san’ati usullari qo’llangan. Yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri, deb tan olingan mazkur maqbara 1983 yilda YUNESKO ning «Butunjahon merosi» ro’yxatiga kiritilgan. Shuningdek, YuNESKO tomonidan Toj Mahal «Hindistondagi musulmon san’atining durdonasi, umuminsoniy merosning keng tan olingan va butun jahon qoyil qolayotgan javohiri», deb e’tirof etilgan.

Картинки по запросу фото тадж махал интерьер

Maqbaraning ichki ko’rinishi.

 Toj Mahal boburiylar tomonidan bunyod etilgan boshqa me’moriy obida – Dehlidagi Humoyun maqbarasiga tashqi ko’rinishi va qurilish uslubi bo’yicha juda o’xshash. Humoyun maqbarasi ham Toj Mahal kabi Humoyunshoh rafiqasining o’z eriga muhabbati ramzi sifatida qurilgan. Toj Mahaldan birmuncha avvalroq qurilgan Humoyun maqbarasi uslubidan Shoh Jahon o’zining mashhur obidasini bunyod etishda foydalangan. Ammo shunga qaramay, Humoyun maqbarasi Toj Mahaldek taniqli bo’lmay, mahalliy ahamiyatga ega obida sanaladi.

Hindistonliklar Shoh Jahon va umuman, boburiylarni hurmat bilan tilga olishib, ular barpo etgan turli me’morchilik durdonalari, ayniqsa, Toj Mahal maqbarasi bilan faxrlanishadi.

Картинки по запросу фото мавзолей хумаюн

Dehlidagi Humoyun maqbarasi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий