Birlashgan Millatlar tashkiloti

Tarixi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – 1945-yil 24-oktyabrda tuzilgan. Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi yer yuzidagi tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash bo’lib, davlatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. BMT Ustaviga dastavval 51 davlat imzo chekkan bo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatkich 185 tani tashkil qilmoqda.

Tuzilmasi. BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a’zo bo’lgan barcha davlatlarning a’zolari ishtirok etadilar. BMTning Xavfsizlik kengashiga 15 davlat a’zodir. Shulardan 5 tasi – AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy – doimiy a’zo davlatlardir. Kengashning qolgan 10 a’zosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar.

Bosh Assambleya Kotibiyati quyidagi department va boshqarmalarga bo’linadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va o’z-o’zini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning ma’muriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva bo’limi.

BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko’pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.

BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari bo’lib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

O’zbekiston BMTda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng ko’p o’tmay – 1992-yilning 2 martida BMTga a’zo bo’ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O’zbekiston REspublikasining Davlat bayrog’i ko’tarildi. 1993-yilning 24-avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

Kotibiyat. Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari ko’rsatmalariga muvofiq tezkor va ma’muriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy ma’muriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi. Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan bo’lgan 8900 kishi ishlaydigan yetti deportament va turli boshqarmalardan tashkil topgan. Bundan tashqari Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo’limlari mavjud.

BMTning muhim sanalari

1945 yil 24 oktabr – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi: uning Nizomi Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi hamda uni imzolagan davlatlarning ko’pchiligi tomonidan ratifikasiya qilindi va kuchga kirdi.

1947 yil 24 oktabr – Bosh Assambleya o’zining 168 (II) rezolyusiyasi bilan «Birlashgan Millatlar kuni»ni rasmiy ravishda e’lon qildi.

1948 yil 10 dekabr – Bosh Assambleya Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasini qabul qildi.

1949 yil 24 oktabr – Nyu-Yorkda BMT Markaziy muassasalari binosiga birinchi g’isht qo’yildi.

1961 yil 18 sentabr – Bosh kotib Dag HammarshEld Kongodagi missiyasi paytida aviahalokatda haloq bo’ldi.

1965 yil – BMT Bolalar Fondi – UNICEFga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi.

1969 yil 4 yanvar – Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risida xalqaro konvensiya kuchga kirdi.

1990 yil 2 sentabr – Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya kuchga kirdi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий