Bir kunda qancha soch to‘kiladi?

  • Har bir odamning boshida 90000 tadan 150000 tagacha soch tolasi bor.

  • Sochlar o‘rta hisobda kuniga 0,33 mm, yiliga 12 sm, o‘rtacha umr davomida esa 7,6 m o‘sadi.
  • Bir kunda 30 tadan 120 tagacha soch to‘kilishi mumkin.
  • Sochlar 15-30 yoshlar oralig‘ida tez o‘sadi. 50 yoshdan keyin o‘sish sekinlashadi.
  • Yozda sochlar qishdagidan ko‘ra tezroq o‘sadi.
  • Soch tolasining mustahkamligini alyuminiyga qiyoslash mumkin. U 100-200 gramm yukni ko‘tara oladi.
  • Sochlar nam tortish, suyuqlikni shimib olish xususiyatiga ega.
  • Sochlarning umri har xil: erkaklarda ikki yil, ayollarda esa 4-5 yil.
  • Eng baquvvat soch qora tanlilarda. Ularning sochi oq tanlilarnikidan 3 barobar yo‘g‘on bo‘ladi.
  • Boladagi dastlabki soch tolalari ona qornida 4-5 oylik bo‘lgandayoq paydo bo‘ladi.
  • Soch asosan oqsillardan tashkil topgan.
  • Ayollarning sochi erkaklarnikidan kam to‘kiladi. Chunki ularning soch ildizi erkaklarnikidan 2 mm chuqurroqda joylashgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий