Tillani farqlay olasizmi ?

Spread the love

Tilla… U haqida aytiladigan gaplar ko`pchilikni birdaniga hushyor torttiradi. Nima uchun? Bu savolga javob topish qiyin emas. Axir kimdir boylik vasvasasida, kimdir aynan u borligi uchun, kimdir yo`qligidan hushyor tortadi. Kimlardir uni deb aldangan. Xo`sh, aldanmaslik uchun uni sotib olishda nimalarga e`tibor qaratish kerak? Shu haqda fikr yuritamiz. Bilamizki, tilladan yaratilgan har qanday buyumda (agar, u sof bo`lsa), albatta, tillaning qotishmadagi foizini ko`rsatuvchi tamg`a bo`ladi. Respublikamizda ham qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar namuna nazoratidan o`tkaziladi. Ularga tillaning sofligini ko`rsatuvchi raqamlar zarb qilinadi, ya`ni tamg`a bosiladi. Bu borada O`zbekistonda metrik namuna tizimi qabul qilingan. Bu tizim barcha MDH davlatlari va Vena konvensiyasi tarkibidagi davlatlar hamda Avstriya va Germaniyada qo`llaniladi.

TILLAGA TAMG’A NEGA BOSILADI? 
Metrik tizimdagi birinchi ikkita raqam qotishmaning 1000 qismida qimmatbaho metallning foizini bildiradi. Masalan, 750 probali buyumda 75 foiz sof oltin bo`ladi. Probaning sofligidan kelib chiqib, qolgan qismi qo`shimcha ligaturadan (25 dan 70 foizgacha) iborat bo`ladi.

XORIJ TAMG’ASI HAQIDA 
Tamg`a turli mamlakatlarda turlicha ko`rinishda bo`ladi. Masalan, Belorussiyada zubr tasviri, Rossiyada soyabonli qalpoq kiygan ayol suvrati aks yettiriladi. AQSh, Turkiya va Italiyada ma`lum bir tasvirdagi tamg`a uchramaydi. Shuningdek, har bir fabrika yokifirma o`z belgi namunasiga yega.Bu davlatlarda tillaning sifatiga davlat yemas, uni ishlab chiqaruvchi mas`ul.

YENG YUQORI SOFLIGI 
Zargarlik buyumlari an`anaviy tarzda 750- va 585- qotishmalardan, kamdan-kam hollarda 500- va 375-probalarda tayyorlanadi. Yeng yuqori tilla qotishmasi 958-probali bo`lib, u badiiy hunarmandchilikda ishlatiladi. Undan san`at asari yaratiladi. 900-proba asosan tish protezlarida foydalaniladi. 375 probali past qotishmadan tayyorlangan taqinchoqlar yesa zargarlik buyumlari yemas, balki bijuteriya mahsulotlari sanaladi. MDH davlatlarida yeng ko`p tarqalgan tilla probalari – 585 va 750.
Bugungi kunda 1 gramm 585 probali tillaning o`rtacha bahosi 70 000 so`m, 750 probali tillaning 1 grammi o`rtacha 90 000 so`m. Lekin oltinning narxi tez o`zgaruvchandir. Odatda u faqat o`sib boradi.

TEKSHIRIB KO`RISHINGIZ MUMKIN 
Respublikamizda bitta Davlat asillik darajasini belgilash palatasi mavjud. Tekshirish uchun haftaning qaysi kunida buyum olib kelish jadvali tuzilgan. Tekshirish muddati uch kundan iborat.

*bitta tilla buyumga tamg`a bosish uchun 500 so`m;

* kumush buyum uchun 150 so`m to`lanishi belgilangan.

ALDANMASLIK UChUN NIMA QILISh KERAK? 
Bu borada sizga zargarlar oddiy usullarni tavsiya etishadi.

Dilorom Jo`rayeva, zargar: 

– Hozirgi kunda tillaning asilligini ko`proq hididan bilish mumkin. Uning hidi boshqa metallardan tubdan farq qiladi. Nega hididan? Chunki hozirda ayrim qallob kishilar tomonidan tayyorlanayotgan taqinchoqlarni ko`rsangiz, tilladan umuman ajratolmaysiz. Hatto ba`zida zargarlarning ham bir ko`rishda ajratishi qiyin bo`lib qoldi. Boshqa metallardan yesa temir hidi kelib turadi. Tajribadan o`tib kelayotgan va hamma biladiganyana bir usul borki, uni maxsus eritmaga tiqib ko`rsangiz, agar past probali tilla bo`lsa, rangi qorayib ketadi. Bundan tashqari, tillaning sofligini rangidan bilish mumkin.

RANGI HAQIDA 
Sof tilla juda yumshoq bo`lgani sababli undan yasalgan taqinchoq uzoq vaqt xizmat qilmasligi mumkin. Shuning uchun unga boshqa metallar qo`shiladi. Tilla tarkibidagi ligatura kumushdan,misdan va palladiy yoki nikeldan iborat bo`ladi. Shuning uchun tilla buyumlar turli rangda: sariq, oq, pushti, yashil, qizil va hatto ko`k bo`lishi mumkin.Bizning 750 probali tillamiz Yevropanikidan farq qiladi. Yevropa ligaturasida kumush ko`p, bizda yesa mis. Shuning uchun Yevropa tillasi sarg`ish tusda, bizniki yesa qizil. Ko`plab mamlakatlarda, ya`ni Italiya, Angliya va AQShda tilla buyumlarning probasini aniqlashda karat tizimi qo`llaniladi. Unga ko`ra, toza tillaga 24 karatlik proba to`g`ri keladi.

BILIB QO`YGAN YAXSHI 
Karat (qirot) –”seratoniya” subtropik daraxti urug’ining nomi. U quriganda o`zining ilk og’irligini yo’kotmaydi. Undan qimmatbaho tosh va tillani o`lchashda ishlatishgan. Karatning doimiy og’irlik birligi 1907 yilda o`rnatilgan – 0,2 g. Probalarni karat tizimidan metrik tizimga o`tkazishda bir karat 1/5 grammga teng deb olingan. Karat tizimining quyidagi probalari mavjud: 6 k, 8 k, 10 k, 12 k, 14 k, 18 k, 22 k.

Вам может понравиться

Добавить комментарий