Tabiatni asrang azizlar

Spread the love

Geografiya ko’p tarmoqli fan bo’lgani bois, inson salomatligiga bevosita daxldor bo’lgan tabiiy voqyea va hodisalarni ham o’rganadi. Buni turli hududlarning tabiiy, xo’jalik va yuktimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarining inson salomatligiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning alohida tarmog’i bo’lgan fan — tibbiy geografiya misolida yaqqol ko’rish mumkin. Tibbiy geografiyaning asosiy maqsadi – inson yashayotgan atrof muhitdan har tomonlama samarali foydalanish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilashga xizmat qilishdir.

Mutaxassislarning fikricha, tibbiy geografiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: turli hududiy tizimlardagi komponentlarni inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan o’rganish; tabiiy sharoitga bog’liq holda kasalliklarni aniqlash va davolash chora-tadbirlarini (sog’liqni saqlash muassasalarini oqilona joylashtirish, tabiiy sharoitdan kelib chiqqan holda davolash muassasalari tarmog’ini rivojlantirish, shahar qurilishini sanitariya-gigiyena va turli tabiiy jarayonlar nuqtai nazaridan baholash va h.k.) ishlab chiqish, tegishli choralarni amalga oshirish uchun tavsiyalar berish; yangi o’zlashtirilayotgan yoki qayta tiklanayotgan hududlarni aholi salomatlik darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin bo’lgan jarayonlar nuqtai nazaridan oldindan bashorat qilish; tibbiy-geografik atlas va xaritalarni yaratish.

Geografik qobiqning xususiyatlarini salomatlik nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy deb yaqqol guruhlarga ajratish birmuncha mushkul. Chunki, ularni faqat inson bilan o’zaro ta’sir natijasini o’rganish orqaligina u yoki bu guruhga kiritish mumkin.

Картинки по запросу

Oqar suvlarning ifloslanishi.

Tabiiy omillarni tibbiy-geografik nuqtai nazardan gelio-geofizik, iqlimiy va geokimyoviy guruhlarga ajratish mumkin. Quyosh radiasiyasi miqdorining turli tabiiy zonalarda o’zgarishi, Quyoshdagi o’zgarishlar, ularning Yer bilan o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan geomagnitik bo’ronlar inson salomatligida bevosita aks etishi ko’pchilikka ma’lum. Quyoshda faol o’zgaryshlar yuz bergan paytda yurak qon-tomir va asab kasalliklariga chalingan kishilar o’zlarini birmuncha noxush his etishlari mumkin.

Shuningdek, iqlimiy omillar, ya’ni havo harorati, havo oqim-lari va shamollarning harakati, havo bosimi va namligi sog’liqqa bevosita ta’sir etadi. Havo harorati va namligining haddan tashqari yuqori bo’lishi keksa yoshdagi kishilarning yurak qon-tomir faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Jumladan, 2003 yilning iyul oyida namlik nisbatan baland bo’lgan Yevropada oxirgi 60 yilda ilk bor yuz bergan misli ko’rilmagan issiq havo harorati (ba’zi joylarda +40°S gacha) 30 mingdan ortiq, birgina Fransiyada 15 ming kishining halok bo’lishiga olib keldi.

Bundan tashqari, qator kasalliklarning kelib chiqish va tarqalish manbai tabiatda joylashgan. Ba’zi tropik kasalliklar, jumladan, bezgak kasalligining turli ko’rinishlari odamlar o’rtasida tabiatdagi jonzotlar (kemiruvchilar, qushlar va hasharotlar) tomonidan tarqatiladi. Ushbu kasallik tarqatuvchi jonzotlarning yashash hududlari esa har bir tabiat zonasida o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Insoniyat tarixidagi tabiiy o’choqqa ega bo’lgan birmuncha dahshatli kasalliklardan biri – o’lat kasalligidir. Hozirda o’latning oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rilgan bo’lsa-da, XX asrda Afrikaning qator mamlakatlarida mazkur kasallik epidemiyasi ro’y bergan.

Картинки по запросу

Havoning ifloslanishi.

O’rmonlar – sayyoramizning «o’pkalari» hisoblanadi. Ular atmosferaga katta miqdorda kislorod chiqarish bilan birga, tabiatdagi o’ziga xos «tabib»dir. Jumladan, igna bargli o’rmonlar erta tongda nafas yo’llari kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun eng yaxshi profilaktika ekani aniqlangan. Ammo keyingi yillarda sayyoramizda o’rmonlarning shafqatsiz ravishda kesib yuborilishi qator hududlarda o’rmonlarning yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda.

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti ham inson salomatligiga bevosita ta’sir etuvchi omildir. Masalan, sanoat korxonalari zich joylashgan, atmosfera havosi turli korxonalarning chiqindilari bilan ko’p ifloslanadigan hududlarda aholining turli kasalliklarga chalinish darajasi nisbatan yuqori.

Sanoatning rivojlanishi natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar – karbonat angidrid, azot va shunga o’xshash boshqa kimyoviy elementlar atmosferadagi ozon qatlamining yemi-rilishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu moddalar atmosfera namligi bilan reaksiyaga kirishib, havoda azot, sulfat va xlorid kislotasi bug’larini hosil qiladi. Mazkur holat sanoati rivojlangan hududlarda yashaydigan aholi o’rtasida yurak qon-tomir, nafas olish tizimi organlarining kasallanish darajasi yuqori bo’lishiga olib keladi.

Italiyaning Milan shahrida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, sanoati rivojlangan va atmosfera havosi ko’proq ifloslangan shaharlarda aholining yurak xuruji, ya’ni infarktga chalinishi ancha yuqori ekan. Chunki, ifloslangan havo inson oyoqlaridagi venalarda qonning ivishini kuchaytirib, tiqin (tromb)larning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra, 1 m3 atmosfera havosidagi zararli chiqindilar miqdori 10 milligrammdan yuqori bo’lgan hududlarda inson venalaridagi qonning ivishi 70 foizga kuchayar ekan.

Suv resurslarining turli sanoat chiqindilari bilan iflos-lanishi ham aholi o’rtasida turli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladi. BMT Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, insoniyat foydalanadigan suv resurslarida 13 mingdan ortiq turli zararli moddalar mavjud. Mazkur moddalarning inson organizmiga turli yo’llar bilan tushishi ateroskle-roz, gipertoniya, oshqozon-ichak, turli yuqumli va onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. BMT ma’lumotlariga ko’ra, 80 foiz kasalliklar inson organizmiga suv orqali o’tadi va mazkur xastaliklardan dunyoda yiliga 25 mln. kishi vafot etadi.

Картинки по запросу фото грязное реке

Oqar suvlarning ifloslanishi.

 O’z navbatida, tog’ va tog’oldi hududlarida tabiiy komplekslarning o’zaro ta’siri natijasida inson salomatligi va uni mustahkamlash uchun juda qulay sharoit yuzaga keladi. Shu bois, davolash-profilaktika muassasalarining aksariyati, odatda, tabiiy sharoiti inson salomatligini mustahkamlashga imkon beradigan hududlarda joylashtiriladi. Toshkent yaqinidagi Chorvoq suv ombo-ri va Chimyon tog’i atroflarining dam olish, davolash-profilaktika zonalariga aylantirilgani bejiz emas.

Turli husudlardagi geokimyoviy holat tuproqlarda, o’z nav-batida, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlardagi kimyoviy elementlar miqdorida o’z aksini topadi. Mazkur ele-mentlar ta’sirida inson organizmida turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlar yuz beradi. Yer kurrasining turli mintaqalarida ushbu jarayonning ta’siri bir-biridan farq qiladi. Jumladan, O’rta Osiyo mintaqasi uchun tuproq va qishloq xo’jalik mahsulotlarida yod yetishmaslik holati xos. Mazkur omil o’z navbatida, buqoq kasalligining oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni (masalan, mahsulotlarni qo’shimcha yodlash) amalga oshirishni taqozo qiladi. Bundan tashqari, ftorning yetishmasligi tishlar himoya qatlamining yemirilishi orqali turli stomatologik kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Ko’rinib turibdiki, geografik qobiq komponentlarining holati inson salomatligi uchun bevosita ahamiyatga ega bo’lib, uni mustahkamlash turli yo’nalishdagi mutaxassislarning kompleks sa’y-harakatlariga bog’liq. O’z navbatida, tibbiy geograflarning tadqiqot ishlanmalari turli yo’nalishdagi tibbiyot xodimlari, geograflar, shaharsozlar, kishilarning yashash muhitiga oid obyektlarni loyihalashtiruvchi mutaxassislar tomonidan keng qo’llanishi mumkin.

Bu inson salomatligining atrof muhit holatiga bog’liqlik masalasini ijobiy hal etish bir-biri bilan o’zaro tutash bo’lgan turli fanlar, birinchi navbatda, tibbiy geografiya va inson ekologiyasi bilan bevosita aloqadorligidan dalolat beradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий